Толковый словарь
quyuqlashmoq
қуюқлашмоқ
Значения
- Quyuq tortmoq, qu-yuq yoki quyuqroq boʻlmoq, quyulmoq (q. quyuq
- ).
- Tarkibidagi asosiy modda nisbatan koʻpaymoq (q. quyuq 2).
- Toʻqqa moyillashmoq, toʻq yoki toʻqroq tus olmoq (q. quyuq 3).
- Qalin tortmoq, qalin yoki qalinroq boʻlmoq, qalinlashmoq, zichlashmoq (q. quyuq 4). Kunlar isigan sari koʻkatlar ham quyuq-lashar, oʻsib ulgʻayib, chiroyiga chiroy qoʻshar-di. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli.
- Koʻp mikdorda bir yerga toʻplanib, zichlashib qolmoq, qalinlashmoq.
- Toʻkin-sochin, moʻl yoki serob boʻlmoq (q. quyuq 5).
- Mazmun, mohiyat jihatdan toʻla dara-jali boʻlmoq (q. quyuq 7).
- Mazmun, eʼtibor, ahamiyati ort-moq, orta bormoq (q. quyuq 8).
Примеры
- Mastava quyuqlashib ketibdi. Murabbo quyuqlashib qolibdi.
- Yaxshi yemlangan sigir-larning suti quyuqlashadi.
- Barglarning rangi ancha quyuqlashdi. yat Qorongʻilik quyuqlashib.. onda-sonda oʻtib turgan kishilar qorasi tun pardasiga chaplashib koʻrina boshlagan-da, Yigitali oʻrnidan turdi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Poyezd yurishini tezlatgan sayin, oq badan qayin-lar, azim qaragʻaylar quyuqlashib, yam-yashil qalin oʻrmonlar boshlandi. — H. Gʻulom — Senga intilaman.
- Tuman qu-yuqlashdi. Tutun tobora quyuqlashib koʻta-rshgmoqda. tsh Ertalabdan beri kezgan bu-lutlar kechga tomon quyuqlashib, osmonni tekis qopladi. — H. Nuʼmon — Fasllar.
- Ziyofat quyuqlashdi.
- Doʻstlik, ijodiy hamkorlik, tajriba almashish, adabiyot vositasi bilan qardoshlik munosabatlari quyuqlasha bordi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Xat ham.. es-kirgan sari maʼnosi quyuqlashadi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0