Толковый словарь
quyushqon
қуюшқон
Значения
- Egarning oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning dumi ostidan aylantirib, egarga biriktiriladigan, koʻpincha turli bezaklar qadaladigan qayish.
- Biror ish, xatti-harakat, muomala dagi meʼyor.
Примеры
- Otningegar qoshi tilladan, yoliga kumush tangalar, quyushqoniga esa sadaflar taqilgan. — Jumaniyoz Sharipov — Xorazm
- Ot dumiga sola berdi sayislar Oʻn ikki qubbali tilla quyushqonni. — "Oysuluv"
- Quyushqondan tashqari ish.
- Lokigin [lekin] qishloqni yuz poyiz shaharga teng qilish, qiyofasini paq-qos oʻzgartirishga intilish quyushqonga toʻgʻri keladigan narsa emas. — J. Abdullaxonov — Xonadon. Endi oʻylab-oʻylab, oʻzining quyushqondan tashqari harakat qilganini seza boshladi. H. Nazir, Suv gadosi - oqpadar..Quyushqondan chiqmoq - Chegaradan, meʼyordan chiqmoq; haddan oshmoq.
- Yosh rahbarsiz-da, xomroqsiz.. quyushqondan chiqqan boshliq odamlarga yoqavermaydi. — Sa’dulla Siyoyev — Otliq ayol
- Kuldiraman, deb quyushqondan chiqib, meʼyordan oshib ketayotgan aktyorlarning ijrosidan ranjimay ilojingiz yoʻq. — Gazetadan
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0