Толковый словарь
raqib
рақиб
Значения
- . Dushman, agʻyor, yov.
- . Biror narsa, kimsa uchun talashuvchilar, kurashuvchilar, raqobat qiluvchilar (bir-biriga nisbatan).
- . Sport oʻyinlari, tortishuv, munozara va shu kabilarda qarama-qarshi tomonlar (bir-biriga nisbatan).
- . ar-Raqib Allohning Qur'onda zikr qilingan asmaul-husna ismlaridan biri. ("Kuzatuvchi", "Nazorat qiluvchi", "Himoyachi", "Nazoratchi")
Примеры
- Siyosiy raqiblar.
- Otabek qoʻllarini boʻshatuvchi qoʻrboshining bunchalik titrab-qaltirashidan oʻz raqiblaridan bittasi shu kishi boʻlganini oʻyladi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Vaqt oʻtishi bilan raqib tomonlar kelishib olishi mumkin boʻlgan pozitsiyalar boy berilmoqda. — Gazetadan.
- Soʻrsangiz holim, azizlar, siynasi afgorman, Qorabotirdir raqibim, Zuhra qizga yorman. — S. Abdulla — Tohir va Zuhra.
- Mirvali shu paytgacha raqib deb taxmin qilib yurgan hamqishloqlarining taʼzirini berishni diliga tugib qoʻydi. — S. Ahmad — Jimjitlik.
- ..Qahhor shartta toʻxtab, butun gavdasi bilan raqibiga yuzlandi. – Aytar gapingni ayta qol shu yerda, yuramizmi endi uzun-qisqa boʻlib?! — dedi Toshtemir. — "Yoshlik".
- Rustam, toʻrning narigi tomonidan turib, toʻpga sakrayotgan raqibini koʻrdi-yu, qisilgan prujinadek osmonga sapchidi, shunday zarb bilan urdiki, toʻp raqibining boshiga tegib, chekkaga uchib ketdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Raqib deganning kiroyi aytishga soʻzi, mushtlashishga mushti boʻlsa. — H. Gʻulom — Mashʼal.
Этимология
arab. – soqchilikda turuvchi; nazoratchi, kuzatuvchi; aygʻoqchi; nozir
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0