Толковый словарь
rukn
рукн
Значения
- . Ustun, kolonna.
- . Asos, tayanch.
- . Aruzda qisqa va choʻziq, oʻta choʻziq boʻgʻinlarning misralarda muayyan tartibda guruqlanib takrorlanishi.
- . Gazeta, jurnallardagi mazmunan yaqin turkum maqolalarning sarlavhasi.
Примеры
- Yusufbekhoji yuqorida oʻtgan gaplarni quruq va asossiz soʻzlamagan, balki shu turmushning rukn va asosini bir daraja aytib oʻtgan, Otabek esa buni shu muhitning bir oʻgʻli boʻlib eshitgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..tasavvufning saxovat, shijoat, sadoqat, muruvvat, himmat, mardlik, insof, hayo ruknlarini oʻzida mujassam etgan Alisher Navoiyning oʻzi ham tom maʼnodagi komil inson edi. — "OʻTA".
- "Savdogar" gazetasi oʻz sahifasini bundanda boyitishni, turli-tuman yangi ruknlar ostida materiallar berib borishni oʻz yillik rejasiga kiritdi. — Gazetadan.
- "Qilmish-qidirmish", "Turmush chorrahalarida" ruknlari ostida berilayotgan maqolalarni oʻqigan har bir inson yaxshilikka, ezgulikka intiladi. — Gazetadan.
Этимология
arab. – asos, ustun, tayanch; burchak, boʻlim (jurnal yoki radioeshittirish-da)
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0