Толковый словарь
sabil
сабил
Значения
- . Egasiz, qarovchisiz qolgan; egasiz, qarovsiz qolib xarob boʻlgan, ayanchli, achinarli ahvolga tushgan.
- Joni sabil Joni qattiq, chidamli, chayir.
- . "Qurib ketgur", "qurgʻur" maʼnolarida qoʻllanadi.
- Sabil qolmoq Egasiz qolib, yoʻq boʻlib, oʻlib ketmoq.
Примеры
- Sabil boʻldi maning bu oʻsgan joyim, Senga tegsam, qattiq ekan manglayim. — "Oysuluv".
- Qazingiz sabil qoladigan boʻldi, boyvachcha, kennoyim ertaga tugunchaga solib, turmaga olib bormasalar deb qoʻrqaman. — S. Ahmad — Hukm.
- Men juda-a charchaganman, bilasiz. Oldin shu sabil buqogʻimni davolatib olsaydim [dedi Xolisa]. — S. Nurov — Narvon.
- [Xola:] Bizlardi magazinda boshqa narsa topilmasa ham, aroq deganning keti uzilmaydi, urugʻi koʻpmi sabilni(ng) yoki bulogʻi bormi, haytovur bosilib yotibdi. — S. Nurov — Narvoy.
- Sabil qolgur bu eshak, — dedi bir oʻtinkash, — chopishga yoʻl bermaydi. — S. Ayniy — Qullar.
- Shunda biz uni, tek tur, sabil qolgur, deya qamchilaymiz [dedi Ziyodulla] — T. Murod — Ot kishnagan oqshom.
Этимология
arab. – yoʻl; imkoniyat, vosita
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0