Толковый словарь
sadaqa
садақа
Значения
- . Tilanchiga, muhtojlarga beriladigan xayr-ehson.
- . Oluvchi nazarida sadaqa boʻlib tuyuladigan xayr-ehson, pul.
- Bosh-koʻzidan sadaqa Sarf qilingan pul, yoʻqotilgan yoki birovga berilgan narsa, mol-dunyoga achinmaslikni bildiruvchi ibora.
- Jonim sadaqa (boʻlsin) Birovga cheksiz hurmat-ehtiromni ifoda-lovchi, "siz uchun jonimni ham berishga tayyorman" mazmunida aytiladigan ibora.
- Sadaqa(si) boʻlmoq Kimsaning qurboni boʻlmoq; kimsa yoki narsaga jon fido qilmoq; aylanmoq, oʻrgilmoq.
- Sadaqai odam ket sadqai odam ket sadqa.
- Sadaqasi ketmoq sadaqa(si) boʻlmoq
Примеры
- ..Shoqosim past, ayanchli ovoz bilan bir nimalar soʻzlab, oʻtkinchilardan sadaqa soʻraydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Eshikdan kirib kelgan tilanchi sadaqa soʻradi. — "Mushtum".
- Xotiningiz sizni allaqachon unutibdi, sadaqalaringizga muhtoj emas ekan, deb ayting. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Oʻtgan kuni pul yuborgan edim, olmabdi. "Menga sadaqa kerak emas, sudga berib, qonuniy aliment olaman", degan emish. — A. Qahhor — Ogʻriq tishlar.
- Puliga tirnoqcha ham kuymasdi, bolalarimning bosh-koʻzidan sadaqa, derdi.. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- Xush kelibsiz, bosh ustiga, sultonim, Sizdan sadaqadir bir shirin jonim! — "Shirin bilan Shakar".
- Dono odamga sadaqa boʻlsang arziydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Anzirat xola Sidiqjonga "Voy, sadaqai odam keting, nahot kishi shunday xotinini, shunday bolani qoʻyib, bu yoqlarda yursa!" deganidan keyin chehrasi ochildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Tushungan odamning sadaqasi ketsang arziydi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
Этимология
arab. — xayr, ehson, sadaqa
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0