Толковый словарь
saraton
саратон
Значения
- . (S-katta) astr. Oʻn ikki burjning biri, Javzo va Asad burjlari oʻrtasida joylashgan.
- . Shamsiya yil hisobida toʻrtinchi oyning arabcha nomi (22 iyun — 21 iyul davriga toʻgʻri keladi).
- Saratonning sariq kuni Saratonning eng issiq kunlari.
- . Rak kasalligi; rak.
- . Daraxt, buta va oʻsimliklarning barg shirasini soʻrib zarar keltiruvchi hasharot turi.
Примеры
- Saraton oʻrta kengliklarda kuz, qish va erta bahorda koʻrinadi. — "OʻzME".
- Saraton kirdi. Birovning ishiga saratonda qoʻl muzlaydi. — Maqol.
- Saraton kirmasdanoq Qohirada havo qizib ketadi. — Mirmuhsin — Hikoyalar, qissalar.
- Koʻchaga chiqishim bilan saratonning issiq tafti yuzimga gup etib urildi. — Gazetadan.
- Saraton chogʻi bu, zarra shamol yoʻq, Tutlar kavagida mudrar gʻurraklar. — A. Oripov.
- Saraton kasalligi.
Этимология
arab. – qisqichbaqa
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0