Толковый словарь
sariq
сариқ
Значения
- Somon, zarchuva, tilla kabi narsalar tusidagi rang.
- Malla rang, malla (soch, tuk, teri haqida)
- Tuxumning oqsil moddasi oʻrtasidagi qismi.
- Jigardagi jiddiy salbiy oʻzgarishlar tufayli teri, koʻz oqining sargʻayishidan iborat ogʻir va yuqumli kasallik nomi; gepatit.
Примеры
- Sariq ipak.
- Och sariq rang.
- Toʻq sariq.
- Daraxtlardagi sariq barglar toʻkilib tugalgan, yer yuzi oʻzining qishki sariq kiyimini kiygan edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Sariq soch.
- Rustam uning uzun moʻylovi, koʻkish koʻzlarini qoplab olguday quyuq, sariq qoshlarini koʻrdi-yu, yuragi shuvillab, oʻzini orqaga tashladi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq solSariq irq - Mongoloid irqining eskirgan nomi.
- Tuxumning oqini oqlab ye, sarigʻini - saqlab. — Maqol
- Tuxum pachaqlangan edi. Uning sarigʻi oqqa aralashib, chakkamdan sizib, yuzimga oqmoqda edi. — Gʻafur Gʻulom — Shum bola
- Sariq kasalligi.Sariq kartochka - Futbol matchida hakam tomonidan oʻyinchiga ogohlantirish yoki yengilroq jazo belgisi sifatida koʻrsatiladigan sariq rangdagi kartochka.
- Materatssi hakam tarafidan sariq kartochka bilan jazolandi. — GazetadanSariq matbuot - uyatli, sharmandali, janjalli voqealarni yoritishni maqsad qilib olgan, siyqa, sayoz, past sifatli matbuot haqida.
- Ikkinchi jiddiy qusur shuki, koʻpchilik qalamkashlar bugun "sariq matbuot" sahifalarida eʼlon qilinayotgan oʻrtamiyona mashqlarni sheʼr, hikoya, deya ulardan andoza olib, ijod qilmoqdalar. — Gazetadan
- Shuning uchun ham koʻcha-koʻyda "sariq matbuot"ning voqea izidan quvuvchi hikoyalariga odamlar oʻrganib boryapti. — GazetadanSariq palak - Vilt kasalligi, vilt.Sariq suv - nazla.Sariq sumalak - 1) qamish bilan yopilgan tom boʻgʻotlarida ilk bahorda yogʻingarchiliqsan keyin hosil boʻladigan sargʻish sumalak; 2) shunday sumalak hosil boʻladigan davr, qishning oxiri.
- -Qishdan qitday bor: hut-yut, sariq, sumalak, ayamajiz.. qatorlashib turibdi, - kulumsiradi Raʼno. — Oybek — Ulug‘ yoʻlSariq chaqa - 1) chaqa (pul); juda oz miqdordagi, arzimas pul.
- Mana, xotinim yotib qoldi, yostiqdan boshini uzishga darmoni yoʻq. Kissamda sariq chaqa yoʻqki, bechoraning ogʻziga yoqar ovqat bersam. — Oybek — Tanlangan asarlar 2) juda past, arzimaydigan; eʼtiborga loyiq emas.
- Ommani ergashtira olmagan rahbarning qadri - sariq chaqa. — Ibrohim Rahim — IxlosSariq chaqalik (yoki chaqaga arzimaydigan) - hech narsaga arzimaydigan, bir pulga qimmat, arzimas.
- -Soʻzni tangaday jaranglatib soʻzlashga ustasiz. Ammo hozirgi soʻzingiz puchak, sarik chaqaga arzimaydi, - dedi Mirhaydar. — Oybek — Oltin vodiydan shabadalar
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0