Толковый словарь
savdoyi
савдойи
Значения
- Aqldan ozgan, telba.
- Biror kimsa, narsa dardida es-hushidan ayrilgan.
Примеры
- — Jinni boʻlibsan! Savdoyi bo‘lib qolibsan! — dedi Salimxon Obidiy unga [xotiniga]. — Mirmuhsin — Umid
- Hali oq-qorani tanimagan yigitcha bu qiyinchiliklar, vijdon iztiroblari oldida savdoyidek kalovlanib, taqdirning ayovsiz oʻyinlaridan garang boʻlib qolardi. — Said Ahmad — Ufq.
- Uning [Salomatning] koʻyida savdoyi boʻlib qolgan edim. — Nurali Qobul — Unutilgan sohillar.
- Xotinlar: — Bechora chol! Suyukli qizidan ayrilib, savdoyi boʻlib qoldi! — deb pichirlashar edi. — Odil Yoqubov — Izlayman.
- [Boʻronboy:] Ishq dardi bedavo dard: roʻyirost gapirsam, ishq yoʻlida savdoyi boʻlganman. — Komil Yashin — Hamza.
Этимология
^ jl J— dilgir, dilgirlikka moyil; maʼyus, gʻamgin.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0