Толковый словарь
sayr
сайр
Значения
- Osuda yerlarda, oromgoh, sayrgohlarda aylanib yurish, tomosha qilish, orom olish.
Примеры
- Bogʻ sayri. Gul sayri.
- Qolmay shaharda toqatim, Qishloq chiqardim odatim. Xohi yayov, boʻlsin otim, Goh sayr ham darkor ekan. — Muqimiy.
- Har navbahor bu koʻkalamzorga hirotliklar ot-aravada chiqib, bir-ikki kun sayr etib, hordiq chiqarib qaytishardi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Chaman bulbullaridek sayr etib gulzoru bogʻlarda, Hamisha yayrab erkinlikda parvoz etgali keldik. — Habibiy — Devon.
- Qilmadim bir bor oʻshal gul yuzli zebo birla sayr, Qonmagay dil, aylasam ming bitta Laylo birla sayr. — E. Vohidov.
Этимология
arab. – piyoda yurish; yoʻl, harakat
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0