Толковый словарь
shariat
шариат
Значения
- Islom huquq tizimida musulmonlarning Qurʼon asosida ishlab chiqilgan diniy, jinoiy va fuqarolik qonun va qoidalari majmui.
- Shariat peshvolari Shariat qonun-qoidalarini mukammal biladigan, u haqda yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan kishilar (qozi, ulamo va b).
Примеры
- Shariat qoidalari.
- Yarashadigan boʻlsangiz, shariat yoʻl topib beradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari..
- Shariat hamma vaqt adolatni himoya qiladi. — K. Yashin — Hamza.
- U Buxoroda madrasada oʻqib yurganda, shariat va tariqat ilmini yaxshi oʻrgangan, Qurʼonni yod bilar edi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Saroyda barcha — shariat peshvolaridan tortib to kichkina amaldorgacha shoirlik daʼvo qilardi. — S.Siyoyev — Yorugʻlik.
Этимология
[ arab. – toʻgʻri yoʻl; islom hukmlari, qonun-qoidalari]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0