Толковый словарь
shingil
шингил
Значения
- Uzum boshining bir qancha donalardan iborat shoxchasi.
- koʻchma kam qoʻll. Biror narsadan qism.
- Bir shingil 1) katta va bir butun nar-saning bir boʻlagi, kichik bir qismi.
Примеры
- Bir shingil uzum. m
- Uzum uzsam uzumzordan bir shingil, Asal-man der, shirinlikda daʼvosi. — S. Abdulla.
- Anvar oʻzidan nariroqqa tushgan bir shingil uzumni olib yedi va bir-ikki gʻujumini ham-rohiga uzatdi: -Ma, Raʼno. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Bular — bugungi Eron xalqi hayotiga oid shingil misollar. — Gazetadan.
- Mamadali aka-ning urush yillarida qilgan katta ishlari-dan shingillar eshitaylik. — R. Rahmonov — Mardlik — mangulik.
- Bu katta ishning bir shingili, xolos. yat Bu aytganlarim Bekchonovning qilmishidan bir shingil, xolos. — "Mushtum"; 2) ozgina — bir oz.
- Bir shingil ashula eshitsak. yat Qudrat non, kolbasalarni toʻgrarkan, front voqealari-dan bir shingil-bir shingil hikoya qilib ber-di. — 3. Fatxullin — Soʻnmas yulduz.
- Har ikka-lovi ham bir-birini bir shingildan chandi-shib olishdi. — H. Shame — Dushman.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0