Толковый словарь
shum
шум
Значения
- Yomon fikrdagi; niyati buzuq; yomon, yaramas.
- Baxtsizlik yoki halokat keltiruvchi, baxtsizlikka duchor qiluvchi.
- Shum xabar Kishini gʻoyat xafa qiladigan, juda qaygʻuli xabar.
- Qoʻlidan har qanday yomonlik keladigan; ayyor, makkor, quv, qilvir.
- Yaramas qiliqlar qiladigan, oʻta shoʻx, toʻpolonchi.
Примеры
- Kecha shom vaqtida biznikiga ikkita shum yigit keldi. Taniyman. Xoʻjayin haligilarni mehmonxonaga kirgizib, eshiklarni taqataq yopdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hushyor turib, adashmay, Har sharpani sezaman. Dushman qarshilik qilsa, Shum boshini ezaman. — Uygʻun. [
- Gulandom: \ Negaki, shumlarning qoʻliga tushib, ne balolarga giriftor boʻldim. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shum boʻrondan chayqaldi dengiz, Koʻk ham asta tomchi tashladi. — E. Qambarov.
- [Xosiyat:] Erlarni qaʼriga tortdi shum urush, Erlarsiz uy fayzi tamom yoʻqoldi. — G. Joʻrayeva.
- Sobirjon bu ahvolni koʻrgan koʻzlariga, bu shum xabarni eshitgan quloqlariga sira ishongisi kelmasdi. — S. Shamsiyev — Sepsiz kelin.
- Shum kampir.
- -Ha, bu juda pixi qayrilgan shum xalfa, — dedi Davlatyor va Turdivoy xalfaning kirdikorini gapirib berdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Sultonov juda hushyor va shum ediki, shamol qay tomondan kelayotganini darhol bilib, vaziyatga qarab tovlanardi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Haligi shum yigit: juda gap topolmasang, barmogʻingni mana bunday bigiz qilda, "koʻzingizga qoʻlimni tiqib olaymi?" degin, keyin qiz kulib yuboradi [dedi]. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
Этимология
a. — baxtsizlik, musibat; balo, ofat
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0