Толковый словарь
siniq
синиқ
Значения
- sft. Singan, parchalangan, biror yeri uchgan yoki darz ketgan, yorilgan.
- sft. Sinib ishdan chiqqan, yaroqsiz holga kelgan.
- ot koʻchma Singan narsaning boʻlaklari.
- ot koʻchma Odam aʼzosining shikast-lanib singan qismi, singan qoʻl, oyoq va sh.k.
- ot koʻchma Yarim oy yoki Oyning suvga boʻlak-boʻlak boʻlib tushgan aksi. Osmonga qarasam — oyning sinigʻi, Yerga koʻz tashla-sam — suvning tinigʻi. Koʻziga qarasam — yolqinlar sochib, Jonimga oʻt soldi yorning qiligʻi. "Qoʻshiqlar".
- Rangpar, sargʻimtil, soʻlgʻin.
- Past va shikasta, titroq (ran ohangi, ovoz haqida). -Menga bir kishi ke-rak edilar, — degan sinits ovoz keldi tash-qaridan. T. Malik, Ajab dunyo. Sinits, tit-rots tovush bilan: -Nimaga xafa boʻlaman, aytavering, — dedi Hayotxon. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Maʼyus, soʻniq; kayfiyati past, xafa holda. [Usmonjonning] Otasi bormikin? Yetimlikda oʻsganmi, juda sinits yigit koʻ-rinadi, — oʻyladi Adolat. S. Zunnunova, Gul-xan. -Ikkoviyam tirnotssa arzimaydi, mo-rojniy oberganim, kinoga optushganim uchun shunatsa, — deb sinits iljaydi [Sobir]. A. Koʻchimov, Halqa. Sharifa sinits kulumsiradi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa.
- Kuigli (yoki ruhi) siniq Koʻngli choʻkkan; dili vayron, mashqi past. Gʻaribning koʻngli sinits. Maqol. shsh Uning yomon yashamayotgan-ligini, lekin ruhi bir oz sinitsrots ekanligi-ni sezdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Siniq chiziq mat. Burchak hosil qilib, yoʻnalishini oʻzgartirgan chiziq. Agar sinits chizitsning uchlari ustma-ust tushsa, bunday sinits chiziq "yopits sinits chizits" deyiladi. "Geometriya".
Примеры
- Siniq piyola. n
- Ana shu "bogi eram" endi egasiz uyday huvillab yotibdi. Siniq dera-zalardan qushlar uchib kirib-chiqib turibdi. — S. Siyoyev — Otliq ayol. Koʻcha oʻrtasida bir si-nik; shisha Qaragan odamning olar koʻzini. E. Vohidov, Muhabbatnoma.
- Anchadan keyin Mu-qaddam chil-chil boʻlgan mushukchaning siniq boʻlaklarini bosib oʻtib, yomgʻirpoʻshini kiy-di. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Siniq arava. n
- Toʻtibu al-laqayerda chang bosib yotgan siniq dutorni olib chiqib artayotganida, Tojiboy kirib keldi. — S. Zunnunova — Gulxan.
- Jasura yigʻlamsiragancha piyola siniqlarini tera boshladi. — E. Aʼzamov — Javob.
- [Nigora] Poldan termometr siniqlarini terib, oʻrnidan turganida, oʻzini ancha bosib olgan edi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Xirurglar keng gulzor oʻrtasiga stol qoʻyib, siniqlarni gipslamoqda, yaradorlarni bint-lamoqda. — "Sharq yulduzi".
- Siniqning biti-shidan mumiyoning sifatini aniqlaganlar. — "Guliston".
- Shuʼlalanib, sharqirab yotar Koʻk suvlarda oy siniqlari. — Sh. Rahmon — Yurak qirralari.
- Ich-karidan yangi beqasam toʻn kiygan, jussasi kichik, mullavachchaga oʻxshash rangi siniqqi-na bir yigit ikkita tugun koʻtarib chiqdi. — A. Muxtor — Chinor. Doʻppili odam rangi zar-chaning rangiday sinits, mendayin bir kal ekan. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0