Толковый словарь
sinmoq
синмоқ
Значения
- Parchalanmoq, maydalan-moq, boʻlaklarga ajralmoq, uzilmoq.
- Zarb yeb shikastlanmoq, parchalanmoq (gavda suyaklari haqida).
- Beli sinmoq 1) beli shikastlanmoq.
- Shikastlanib ishdan chiqmoq, yaroqsiz holga kelmoq.
- Konkurensiyada, raqobatda yen-gilmoq, bankrotlashmoq, xonavayron boʻlmoq.
- Maʼnaviy zarba olmoq.
- Yengilmoq, mahv boʻlmoq.
- Beli sinmagan pul Yangi, shaldiroq pul.
Примеры
- Shisha sindi. Qalam sinib soldi. Koʻza kunda sin-maydi, kunida sinadi. — Maqol.
- Qayin darax-tining egilgani —singani, Er yigitninguyal-gani — oʻlgani. Maqol. a
- Qoʻlidagi dasta-langan paxta gulli piyoladan biri yerga tu-shib, chil-chil sindi. — T. Ashurov — Oqot.
- Oyogʻing-ning ostida nogoh Chirs etar-u, sinib tushar shox.. — X. Davron — Bolalikning osmoni.
- Yel ketma-ket boʻkirar, bunga chiday olmagan shox-shabbalar sars-surs sinar.. edilar. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Umar bilagi sinib, boshi yorilib, tuprotsda behush yotardi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
- Meʼmor Najmiddin Buxoriy koʻtargan alam-ni fil koʻtarsa, beli sinardi. Mirmuhsin, Meʼmor; 2) zarbaga uchramoq, xona-vayron boʻlmoq.
- [Azizboy:] Ho, ho.. Koʻp chi-ranma, Poʻlat! Azizboy bilan olishganlardan koʻpining beli sinib ketgan-a! — N. Safarov — Sharq tongi. Boshida kaltak sinmoq q. kal-tak.
- Arava sindi, hoʻkiz oʻldi. — Ma-qol. n
- -Xafa boʻlmang, aka, — dehqonning yelkasini qoqib yupatdi Yoʻlchi, — falokat emas —
- arava sinadi, tuzatiladi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Singan sozi qaytadan Tilga kirganday, Xazon boʻlgan bahori Gulga kirganday. — Gʻayratiy.
- [Saidahmad:] Zamon juda loyqalanib ketyapti, hali qarasang, u boy sinibdi, hali qarasang, bu boy. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Odamning koʻngli nozik boʻladi: bir kichkina narsa bilan yo sinadi, yo koʻtariladi. — M. Ismoiliy — Bizning roman.
- -Agar bolaning ruhi sinsa, shunaqa betga chopar, kattaga soʻz qayta-radigan, qaysar boʻladi, — dedi [Akbarxoʻja]. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Sinmas iroda. Haqiqat bukiladi, ammo sinmaydi. — Maqol.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0