Толковый словарь
sinov
синов
Значения
- . Sinamoq
- . Sifatini, chidamli-chidamsizligini aniqlash uchun oʻtkaziladigan tekshirish.
- . Sabot va chidam zarur, kerak boʻlgan palla, voqea-hodisa; imtihon.
- . Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talaba va oʻquvchilarining hamda abituriyentlarning oʻquv rejasidagi fanlardan olgan bilimi va malakalarini aniqlash va baholash usuli.
- Sinov daftarchasi Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talaba va oʻquvchilarining muayyan taʼlim muassasasida oʻqishini tasdiqlovchi, ularning baholari qayd etiluvchi akademik hujjat.
Примеры
- Sinovdan oʻtkazmoq. Sinov muddati.
- Malakali laboratoriyalar sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan bunday sopollar asrlardan asrlarga oʻtadi, saqlanadi. — Gazetadan.
- Siz taqdirning sinovlariga bardosh berib kelgan mard odamsiz. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- El boshiga ish tushsa, doʻst sinovdan oʻtadi. — "Sharq yulduzi".
- Yosh oilaning buzilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida sud ularga 6 oylik sinov muddati beradi. — Gazetadan.
- Institutda sinovlar boshlandi.
- Minglab abituriyentlar studentlar safiga qoʻshilish uchun sinov imtihonlaridan oʻtishyapti. — Gazetadan.
- Sinov daftarchasi bitiruvchiga tegishli mutaxassislik yuzasidan diplom [sertifikat] berishga asos boʻladigan rasmiy hujjat hisoblanadi. — "OʻzME".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0