Толковый словарь
sir
сир
Значения
- Oʻzgalardan maxfiy tutilgan yoki oʻzgalarga nomaʼlum boʻlgan biror ish, ran, narsa va b.
- Hali ochilmagan, anikdanmagan, ilm-fan hali oʻrganib yetmagan, inson uchun hali nomaʼlum narsa.
- Biror soha yoki faoliyat turining oʻzi-gagina xos boʻlgan xususiyat; malaka.
- Miridan sirigacha Ipidan ignasigacha, boshdan-oyoq; batafsil.
Примеры
- Harbiy sir. Yurakdagi sir. Sir saqlamoq. Sir tutmoq. Sirni oshkora qilmoq. Dushmanning kulgani — siringni bilgani. — Maqol.
- Oʻz doʻstim deb sir aytma, doʻstingning ham doʻsti bor. — Ma-qol. n
- Otabek nima deb aytishga soʻz to-polmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qi-larlik jumla topish mumkin emas edi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ahmad yuragida yashi-rib yurgan sir tunu kun, bir daqiqa ham unga tinchlik bermasdi. — F. Musajonov — Himmat.
- Koinot sirlari. m
- Oyga uchirilgan ikkinchi raketa kosmos sirlarini bilishga doyr qimmatli maʼlumotlar berdi. — "Fan va turmush".
- Olimlarning ushbu holdan Chimirildi qoshlari. Bu qanaqa sir boʻldi, deb Tomom qotdi boshlari. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Odamzod doimo dunyo sirlarini bilishga harakat qilib kelgan. — "Fan va turmush".
- -Boʻtam, siz koshinpazlik hunaridagi hamma sirlarni diqqat bilan oʻrganganmidingiz?[deb soʻradi Meʼmor]. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Badiiy ijod sirlariga, ijod psixologiyasiga qiziqish om-maviy maʼnaviy ehtiyojga aylanib qolgan ekan, uni oʻrganish foydali. — U. Normatov — Talant tarbiyasi.
- Ziyodullaga bu hunar yoqib tushgan, uni miridan sirigacha egallab olish uchun butun kuchi, zehnini ishga solgan edi. — H. Nazar — Oʻtlar tutashganda. Sir bosmoq Salobati bosmoq, iymanmoq.
- Mehmonning siri bosganligidanmi yoki mehmon kutish tash-vishidanmi, u nimagadir ichidagini tashiga chiqarmas edi. — I. Rahim. Xislat.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0