Толковый словарь
sirli
сирли
Значения
- I 1 Boshqalardan sir tutilgan, yashirin, maxfiy, siri bor.
- Zamirida qandaydir bir sir yashi-ringan; ajib, oʻziga jalb qiluvchi.
- Nimanidir, qandaydir sirni yashir-gan, allaqanday bir siri boʻlgan.
- Qoʻrqinchli, vahimali; yurakka qoʻrquv soladigan.
- Ilmiy jihatdan oʻrganilmagan, ochil-magan, aniqlanmagan, maʼlum boʻlmagan.
Примеры
- Choʻli boboning joy solayotganlar yoniga ketganidan foy-dalanib, Horunbek Meʼmorga ohista sirli bir gapni shivirladi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Ular sersoya daraxtlar ostidagi salkin yoʻ-lakdan ketib borisharkan, suhbatlari yana kuyuklashib, sirli tuye oldi. — K. Yashin — Hamza.
- Sheʼri-yat — gʻoyat bir sirli olam. — Gazetadan.
- Uning uzun kipriklari oydinda kop-qorayib koʻri-nar, allakanday sirli goʻzamik berardi chek-ras iga. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- "Toʻy" soʻzini eshitgan Oynisaning vujudini sirli bir alanga kamradi, yuz-koʻzi oʻt boʻlib yondi, toshkentlikning otini ham tashlab, uyi tomon kochdi. — H. Gʻulom — Toshkentliklar.
- Bu gapingam toʻgʻri, sevgi insonning juda sirli tuygʻusi deb bekorga aytmaganlar. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Saidgʻozi.. tinglovchilarni entiktirish uchun bir oz toʻxtab, zalga sirli nazar tashladi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- U [Bahrom] menga qarab sirli kuldi. — M. Qoriyev — Oydin kechalar.
- -Akang kelyapti, — sirli tovush bilan dedi Ergash, — tagʻin anov kunga oʻxshab bir doʻpposlasa nima kshgasan.. H. Ahmar, Kim haq?
- Shamol oʻrmonni sirli, vahimali sadolar bilan toʻldirdi. — Oybek — Quyosh qo-raymas.
- Bir maromda pishqirayotgan okean ayolning koʻngliga vahm solar, qop-qora tosh-lar qoʻrqinchli va sirli koʻrinardi. — "Yoshlik".
- Hamza koʻnglida Hindiston safari ishtiyoqi tugʻilgan paytdan boshlab bu sirli mamla-kat haqidagi yozma va ogʻzaki maʼlumotlarni oʻrgana boshlagan edi. — K. Yashin — Hamza.
- Tuz-di-yu Mirzo Ulugʻbek Koʻragoniy jadvalin, Sirli osmon toqiga ilk Qoʻydi narvon oʻzbe-gim. — E. Vohidov — Muhabbatnoma.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0