Толковый словарь
solmoq
солмоқ
Значения
- Biror narsa ichiga yoki ustiga joylamoq, qoʻymoq, tashlamoq.
- Oʻrnatmoq, qoʻymoq.
- Oʻtirgʻizmoq.
- Meʼyori bilan qoʻshmoq; quymoq.
- Bermoq, tashlamoq (molga beriladigan ovqat haqida).
- Biror holatga tushirmoq yoki biror holatni yuzaga keltirmoq, paydo qilmoq.
- Biror tartib, yoʻnalish, oʻlchov, vaziyat va shu kabilarga tushirmoq; moslashtirmoq.
- Yopishtirib tikmoq, ulamoq.
- Toʻshamoq, yozmoq.
- Toʻshamoq, yotqizmoq.
- Roʻpara qilib, qaratib qoʻymoq, tutmoq.
- Quritish, achitish, pishirish uchun qoʻymoq.
- Toʻlov majburiyatini yuklamoq, belgilamoq.
- Biror kimsa yoki koʻpchilik muhokamasiga qoʻymoq, hukmiga topshirmoq, havola qilmoq.
- Biror narsa yoki kimsaga yoʻnaltirmoq, qoʻymoq.
- Biror ishga, harakatga tushirmoq, yoʻllamoq, tashlamoq.
- Yollab ishga tushirmoq.
- Arqon, zanjir kabi narsalar urib, tashlab band etmoq, bogʻlamoq.
- Qismlarini bir-biriga tushirmoq, oʻrniga qoʻymoq.
- Barpo qilmoq, qurmoq, yasamoq.
- Hozirlamoq, tayyorlamoq; qurmoq.
- Zarb bilan urmoq, tushirmoq.
- Chizmoq, ishlamoq, yasamoq (gul, naqsh va shu kabilarni).
- Osiltirmoq, solintirmoq.
- Yechmoq, olib tashlamoq, tushirmoq (kiyimni).
- Tugmoq, guldan meva holiga oʻtmoq.
- Qoʻshma feʼllar tarkibiga kiradi, ,
- =a/=y yoki =(i)b affiksli ravishdosh bilan kelib, shu ravishdosh orqali ifodalangan ish-harakatning batamom yoki roʻyirost bajarilganligini bildiradi.
- =a/=y affiksli ravishdosh bilan koʻmakchi feʼl vazifasida kelib, shu ravishdosh orqali ifodalangan ish-harakatning darhol bajarilganligini bildiradi.
- Boshiga solmoq - ataylab yomonlik qilmoq.
Примеры
- Narsalarni chamadonga solmoq.
- Dastroʻmolni choʻntakka solmoq.
- Pichoqni singa solmoq.
- Samovarga olov solmoq.
- Miltiqqa oʻq solmoq.
- Chol "xoʻp" deb, boʻrini qopga solib, ustiga poxol yopib bekitib qoʻyibdi. — "Chalpak yoqqan kun"
- Boʻzoʻgʻlonning nasihatin olmadim, Shu Mahmudni zindonimga solmadim. — "Yusuf va Ahmad"
- Bir baliqchi daryoga qarmoq solib oʻtirgan ekan. — "Ertaklar"
- Nasiba bolasini belanchakka solib allalamoqda. — Abdulla Qahhor — Ogʻriq tishlar
- Laʼlixon soat beshni moʻljallab, oshning gurunchini soldi. — Oydin — Koʻngil toʻldimi, yaxshi yigit?Yuziga solmoq - taʼna qilmoq, biror narsani taʼna bilan esiga solmoq.
- Yaxshiboyevning yuragi shuv etib ketdi. Hozir yuzimga soladi, deb oʻyladi, men oʻgʻlingni oʻqishga kiritib qoʻyuvdim, diplomatlikka oʻqiyotuvdi, endi nega rassomlik qilib yuribdi, deb aytadi. — Murod Muhammad Doʻst — LolazorO‘t solmoq - qiynamoq, azob bermoq.Qoʻyniga qoʻl solmoq - qoʻl.
- Uzukka koʻz solmoq.
- Ramalarga oyna solmoq.
- Tish solmoq.
- [Xumorxon:] Marasul aka, mashinangizga solib, bir aylantirib kelsangiz-chi! — Abdulla Qahhor — Ogʻriqtishlar
- Ovqatga tuz solmoq.
- Yerga oʻgʻit solmoq.
- Samovarga suv solmoq.
- Ertalabki nonushtaga beradigan ovqatga sariyogʻ solinmaydi. — Said Ahmad — Yulduz
- Toshtemir quduqdan bir necha marta suv chiqarib, otlarni sugʻordi, oxurlarga beda soldi. — Hamid Gʻulom — Feruza
- Yoqubjonni avvaliga laʼnatladim, keyin oqladim. Negaki, u mening mudroqqa moyil tanimga gʻulgʻula soldi, xayollarimni ostin-ustun qilib yubordi. — Murod Muhammad Doʻst — Lolazor
- Yigitalining bemahal kelishi Safaralining koʻngliga bir oz shubha solgan boʻlsa ham, u quvongan boʻlib: -Yigitali keldi, Muhabbat, - dedi. — N. Fozilov — Diydor
- Qizning qiygʻoch qoshi, jarangli kulgilari kimlarningdir yuragiga larzalar solgan. — "Saodat"
- Kumushning bu holi bechora onaning yuragini ezar, yuz xil vasvasalarga solar edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Ishni izga solmoq.
- Chunki asarning tilini bezash, oʻz uslubiga solib tarjima qilishni.. uslublashtirish deymiz. — "OʻTA"
- Uloq solmoq.
- Yamoq solmoq.
- Oʻrin solmoq.
- Koʻrpacha solmoq.
- Dasturxon solmoq.
- Goʻroʻgʻli bilan Sherniyozning yoʻllariga poyandozlar solishdi, izzat-ikrom bilan Qosimxonning oldiga olib borishdi. — "Gulshanbogʻ"
- Kumushni oʻrin yozishga qoʻymay, oʻzi par toʻshakni olib, yerga soldi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Yoʻllarga shagʻal solmoq.
- Xatni chiroqqa solib oʻqimoq.
- Qiz oʻzini oynaga soldi. — "Sharq yulduzi"
- Karim, Ota pismiq, Qoraxoʻjalar Mirolim buvaning darvozaxonasida oʻzlarini oftobga solib oʻtiribdi [dedi Said]. — E. Raimov — Ajab qishloq
- Togʻay kutgan hol yuz berdi: otasi shishani yoruqqa solib koʻra boshladi. — "Yoshlik"
- Mayiz solmoq.
- Qoqi solmoq.
- Vino solmoq.
- Jannat xola shoshib un chalib, quymoq soldi-da, boltani qoʻliga olib, toʻqayga qarab ketdi. — Said Ahmad — Ufq
- Soliq solmoq.
- Jarima solmoq.
- Menga qolsa, bu kunlarda [xalqqa] oʻttiz ikki tanga emas, oʻttiz ikki qora pul solish ham ogʻirdir. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- U kishi majlisga solgan ish boʻlmay qolmaydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariBir-biriga solmoq - bir-biriga havola qilmoq, toʻnkamoq, sansalorlikka solmoq.Oʻrtaga solmoq 1) koʻpchilikning muhokamasiga qoʻymoq, hukmiga topshirmoq.
- Albatta! Umumiy majlis qilamiz, oʻrtaga solamiz. — Abdulla Qahhor — Bek 2) roʻkach qilmoq.
- Ikkinchi marta erga chiqishim haqida birinchi ogʻiz ochgan qaynonam boʻldi. Bolalarimni oʻrtaga soldi. — Hamid Gʻulom — Mashʼal 3) oʻrtada baham koʻrmoq, umumlashtirmoq.
- Kapsanchilar Bahrobodda sobiq batrak va chorakordan tashkil topgan bir kolxoz borligini, ular yer-suv, ot-ulov, asbob-uskunalarini oʻrtaga solib, sheriklik dehqonchilik qilishlarini eshitgan. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Ovga qush solmoq.
- Dobil chalib, qushlar solib kelay deb, Yolgʻiz borib qoldim Xovdak koʻlina. — "Gulshanbogʻ"
- Navkar, ot solib bordi-yu, Hasan qaygʻichini uloqday azot koʻtarib, egarga oʻngarib oldi. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik
- Kecha manavi kartaga Dildor traktor solmagan edi. — Said Ahmad — Ufq
- Butun kuchlarni jangga solmoq.
- [Buxgalterning xotini] Oʻzi ishlamagani-ishlamagan, yana odam solib berasan, deb har kuni xarxasha qilgani ortiqcha. — Q. Maqsudov — Saodatli chamanda
- Menga qarang, uyga hech usta solganmisiz? — "Yoshlik"
- Boʻyniga sirtmoq solmoq.
- Oyoqlariga kishan solmoq.
- Eh-he, hali shundaymi? Nuri opangiz tushini suvga aytsin, zanjir solib sudrasalar ham, boshqa yoqqa bormayman. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Mashinaga ip solmoq.
- Koʻylakning tugmasini solib olmoq.
- Bolalar tezgina eshikni yopib, orqasidan zanjirni solib qoʻydilar. — Oydin — Hazil emish
- Uya solmoq.
- Uy solmoq.
- Hozir birov imoratini oʻxshatib solsa, boshqalar ham undan qolmay deb tirishadi. — N. Norqobilov — Toʻqnashuv
- Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi baliqlarning urugʻ tashlaydigan, yovvoyi hayvonlarning urchiydigan, qushlarning uya soladigan joyidir. — "Fan va turmush"
- Chilim solmoq.
- Argʻimchoq solmoq.
- Darvozadan oʻn besh odimlar narida.. darvoza beklari gulxan solib, chilim chekib oʻtiradilar. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Tarsaki solmoq.
- Musht solmoq.
- Aylantirib solmoq.
- Qilich solmoq.
- Quloq-chakkasiga solib qolmoq.
- Qoʻling qichigan boʻlsa, biqiniga solmaysanmi, betigayam urasanmi, nodon! — Yoshlik"
- Kuching yetmas ekan, nima qilarding bellashib, tosh-posh bilan jon joyiga solmaysanmi oʻxshatib. — "Yoshlik"
- Rasm solmoq.
- Hozirgi oʻsmirlar har xil narsalarning surati solingan kiyimlarni koʻproq yaxshi koʻrishadi. — Gazetadan
- Er yigitning bosh solgani - oʻlgani. — Maqol
- Alimardon karavotga koʻllarini tiragancha, boshini quyi solib oʻtirardi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- Koʻylak yechar, - dedi Qumri turgan kuyi va koʻylagini yechib tashladi. - Ishton solar. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayon
- Qovoq beshta solibdi.
- Uch tup tarvuzning har biri oʻntadan solgan ekan. — "Chalpak yoqqan kun"
- asos solmoq,
- vahima solmoq,
- gapga solmoq,
- dam solmoq,
- dahshat solmoq,
- dod solmoq,
- esga solmoq,
- qorin solmoq,
- quloq solmoq.
- [Fazilat ona] Toʻgʻri kelgan odamning koʻksiga oʻzini tashlab, uvvos soladi. — M. Hazratqulov — Jurʼat
- Gulnorpari oʻtkizdi-da, kanizini gapga soldi. — "Gulnorpari"
- Normat qoʻshiqqa quloq solib, ichkaridagi odamning chiqishini kuta boshladi. — Said Ahmad — Ufq
- Bor gapni aytib solmoq.
- Yaxshiboyev indamay turdi. Sezdiki, Qo‘ziboyning dardlari choʻng, dardlarini tamom toʻkib solmoqchi - tasalli kor qilmaydi. — Murod Muhammad Doʻst, — Lolazor
- Nizomjon chidamadi. Yuragida toʻlib-toshgan gaplarni uzil-kesil toʻkib solmoqchi boʻlib, qizni izlab, yana dalaga qarab ketdi. — Said Ahmad — Ufq
- Bola tura solib, uyiga qochdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Zamon kela solib, u odamdan soʻradi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Bu yerlarga kelgan ketmaydi omon, Boshingga solarman oxirat zamon. — "Malikai ayyor"=ga solmoq - ..qilib koʻrsatmoq.
- Oʻzini uxlaganga solmoq.
- [Maqsud qori:] Menga qara, eshon bola, oʻzingni goʻllikka solma. — Xudoyberdi Toʻxtaboyev — Yillar va yoʻllar
- -Oʻzingizni ovsarlikka solaversangiz, hujjatni biz koʻrsatamiz, - dedi nihoyat tergovchi.. — "Yoshlik"
- Toshpoʻlat uning tagdor gaplariga dafʼatan tushunmadi, oʻzini loqaydlikka solib, uni quvvatlagan boʻldi. — Komil Yashin — Hamza=dan olib, =ga solmoq - hadeb, zoʻr berib takrorlamoq, qayta-qayta aytmoq, atamoq (koyish, haqorat soʻzlari haqida).
- Bordi-yu, ishing sal "ertaga" qolganini bilsa.. toʻradan olib, toʻraga soladi. — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Majlis tarqagandan keyin Naimiy Onaxondan uzr soʻradi, oʻzini nodondan olib, nodonga soldi. — Asqad Muxtor — Opa-singillarYoʻlga solmoq - 1) tartibga chaqirmoq, toʻgʻri yoʻl koʻrsatmoq.
- Ahmad mahalladagi bolalarni yoʻlga solib turardi. — "Yoshlik" 2) biror ish-harakatni qilishga undamoq.
- Oʻgʻlimni shu odam yoʻlga solgan, xotining bilan ajrash, degan. 3) hiyla-nayrang bilan aytganini qildirmoq.
- Meni aldab sololmaysan yoʻlingga.. — "Malikai ayyor"Nazar (yoki razm) solmoq - qaramoq, boqmoq.
- Ikki pari yuzidan pardasini oldi. Goʻroʻgʻliga qarab, bir nazar soldi. — "Gulshanbogʻ"
- Samandar hayajon ichida qizga bosh-oyoq razm soldi. — S. Karomatov — Bir tomchi qonOgʻiz solmoq - kelinlikka yoki xotinlikka soʻramoq.
- Shu yili koʻklamda Mirhamid mirobning bevasiga ogʻiz soldi. — "Yoshlik"Oʻzini u yoq-bu yoqqa solmoq - 1) dangasalik qilmoq; 2) biror ishni qilmaslik uchun bahona topmoq.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0