Толковый словарь
sunnat
суннат
Значения
- Islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning soʻzlari, xatti-harakatlari, hadislarda targʻib etilgan, ibodatda ham, muomalada ham qoʻllanuvchi amallari.
- Sunnat toʻyi; Oʻgʻil toʻyi, xatna toʻyi.
- Ham farz, ham sunnat; ayn. ham farz, ham qarz q. qarz 2.
- Sunnat (erkaklar ismi).
Примеры
- Sunna islomda Qurʼondan keyingi, uni toʻldiruvchi manba, islom ilohiyoti va shariatning ikkinchi asosi sifatida eʼtirof etilgan. — "OʻzME".
- Qiz chiqaradigan, oʻgʻil uylantiradigan, sunnat toʻyi qiladigan xotinlar oʻz toʻylarini Oʻzbek oyim kengashidan tashqari joʻnata olmas edilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Qizim, — dedi Ernazar aka soqolini oʻychan silab, — oʻtgan safar juda maʼqul gap aytdingiz. Oʻylab qarasam, yerni yaxshilash ham farz, ham sunnat ekan. — I. Rahim — Ixlos.
Этимология
arab. – odat, anʼana, xattiharakat tarzi; qonun
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0