Толковый словарь
sut
сут
Значения
- Odam (ayol) va sutemizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan, yangi tugʻilgan naslni oziqlantiradigan murakkab kimyoviy tarkibli oqrangdagi suyuqlik.
- Sigir, qoʻy, echki va shu kabi chorva mollarining emchagidan sogʻib olingan shunday suyuqlik (ovqat va mahsulot sifatida).
- Baʼzi oʻsimliklarning tanasi, poyasi yoki hosilidagi oq suyuqlik.
Примеры
- Sut bezlari.
- Bola yigʻlamasa, ona sut bermaydi. — Maqol
- Koʻkragimda sutim deb, Yuragimda oʻtim deb, Enasi shoʻrlik yigʻlaydi, Qaydasan, Ahmadim, deb. — Oysuluv
- Iskandar yelinning soʻrgʻichdek uchlaridan tiz-tiz otilib chiqib, xurmaga oppoq ipdek pov-pov choʻzilib tushayotgan sutga hayrat bilan tikilib qoldi. — Samar Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi
- Sigir suti.
- Yogʻli sut.
- Sut sanoati.
- Sut mahsulotlari.
- Sutdan ogʻzi kuygan qatiqni puflab ichar. — Maqol
- Kechagi chorshanba bozorda bir sigir oldim deng, yegani quruq xashagu sutiga qoshiq botmaydi - shundoqqina qaymoq. — „Askiya“
- Oshqozonda hazm boʻlib ketishi zarur boʻlgan dorilarni sut bilan ichish mutlaqo mumkin emas. — "Fan va turmush"
- Semizoʻtning suti.
- Dumbul joʻxorining suti.
- Bir kuni Fayzulla bilan suti qotgan dumbul oʻriklarni terib olib, juftmi-toq oʻynab oʻtirsak, koʻchada birov chaqirganday boʻldi. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikOna suti ogʻziga kelmoq - ogʻiz.
- Nainki sen, ishlayversak, bizlarning ham, bil, Ogʻzimizga kelib qolar ona sutimiz. — Abdulla Oripov — Yillar armoniOna suti ogʻzidan ketmagan - hali yosh, turmushning achchiq-chuchugini, tajribasini koʻrmagan; goʻdak.
- Ona suti ogʻzidan ketmagan bola.Ona sutiday halol (yoki pok) - ona.Oq sutini oqqa, koʻk sutini koʻkka sogʻmoq - oq.Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi - yoshlikdan oʻrgangan odat oʻla-oʻlguncha saqlanadi, degan maʼnoda ishlatiladigan matal.
- Maxdum.. Anvarning biror kambagʻal bilan „yozilishib“ oʻtirganini koʻrsa.. „sut bilan kirgan, jon bilan chiqar, maqoli koʻp toʻgʻri soʻz“, deb oʻylar va ensasi qotib, chetga ketar edi. — Abdulla Qodiriy — Mehrobdan chayonSutdan oq, suvdan tiniq - begʻubor, pok, begunoh odam haqida.Xom sut emgan banda (yoki inson) - emmoq.
- Is'hoq Maxsum bilan Usta Moʻmin ham xom sut emgan banda edilar. — Gazetadan
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0