Толковый словарь
taajjub
таажжуб
Значения
- . Kishini hayratda qoldiradigan, ajablantiradigan, gʻalati.
- . Ajablanish, hayronlik.
- . Kishining ajablanish holatini, hayronligini bildiradi; ajab, qiziq.
- Taajjub qilmoq, Taajjublanmoq. Taajjubga solmoq. Ajablantirmoq.
- Taajjubga tushmoq Ajablanish holatida boʻlmoq; ajablanmoq.
Примеры
- Taajjub narsa. Taajjub ish.
- Bu taajjub hol odamlarda gumon tugʻdirmay qolmadi. — M. Ismoiliy — Fargʻona t
- Redaksiyaga aql bovar qilmaydigan taajjub bir xat keldi. — "Mushtum".
- Qoʻldosh yuzida taajjub alomati paydo boʻldi. — H. Shame — Dushman.
- Xotinning taajjubi osh-di. — S. Ayniy — Qullar.
- Yusufjonov?! — dedi qorovul ham taajjub, ham xursandlik bilan. — N. Fozilov — Hayot oʻrgatdi.
- Safar – taajjub va hayrat ichida kelib, mehmonxonaga kirdi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Taajjub, uning maktubi yuragimda na sevinch uygʻotdi, na bir achinish! — O.Yoqubov — Tilla uzuk.
- Lekin taajjub: odamlarning iliq muomalasi, ayniqsa, Sherbekning mehribonligi negadir uning koʻnglini buzdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Meni taajjubga solgan narsa shuki, nima uchundir hech kim qachon va qanday mukofot olganimni soʻramasdi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Meʼmor oʻzini usta Abdugʻafur negadir yuqori qavatga chaqirtir-ganidan taajjubga tushdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Этимология
arabcha - hayron boʻlish, ajablanish
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0