Толковый словарь
tajriba
тажриба
Значения
- [ya. — sinov, eksperi
- ment; malaka, mahorat; biror xislatni, ish-harakatni sinab koʻrish] 1 Muayyan maqsad-da amalga oshiriladigan, bilish, aniqlash, sinash va shu kabilarga qaratilgan ish, faoliyat.
- Amaliy ishda, hayotda oʻzlashtirilgan, orttirilgan bilimlar, malakalar, uquvlar majmui.
- fls. Obyektiv dunyoni, voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish ja-rayoni; obyektiv dunyo va ijtimoiy amaliyot qonunlarining kishi ongidagi inʼikosi.
- Bir masala, yoʻnalishda dastlabki tarz-dagi ish, harakat va uning mahsuli.
Примеры
- Tajriba oʻtkazmoq. Tajriba natijalari. Tajribada sinab koʻrmoq. m
- Tajriba uchun ajratilgan uch gektar yer tizma togʻlar-day bir-biriga ulanib ketgan adir etagida edi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Klark Mah-dining yurak urishini tekshirib koʻrdi-yu, tajribani bas qildi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Hayotiy tajriba. Pedagogik tajriba. Ilgʻorlarning tajribasini oʻrganmoq. Tajribalarni oʻrtoqlashmoq. m
- Bizning vazifamiz ilmni xalq tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan oʻtkazishdir. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Biz ilgʻor mashʼallarimizning tajribasini ommalash-tirishimiz kerak. — F. Musajonov — Himmat.
- Shayboniyxon chorshanba kuni hayot-mamoti hal boʻlishini sezib, bor isteʼdodini, butun tajribasini ishga sola boshladi. — P. Xodi-rov — Yulduzli tunlar.
- Hissiy tajriba. Sanʼatkorning estetik tajribasi.
- Yosh ijod-korning birinchi tajribasi. yat Oʻz gʻazallari-ga oʻzi taxmis bogʻlash tajribasini ham adabiyotimiz tarixida Navoiy boshlab ber-di. — "OʻTA".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0