Толковый словарь
tanda
танда
Значения
- . Mato toʻqish uchun uzunasiga, boʻylama tortilgan ip, oʻrish.
- . Oʻrish iplari kabi tortilgan nur, tola va shu kabilar haqida.
- Tanda qoʻymoq 1) mato toʻqish uchun uning oʻrishini tartibi bilan tortib chiqmoq; 2) koʻp marta borib kelmoq, biror joyga serqatnov boʻlib qolmoq.
Примеры
- Tandasi ham, arqogʻi ham sof ipakdan tayyorlangan atlas.
- Etagi olislarga choʻzilib ketgan choʻl toʻquvchi dastgohidagi tandaga, yangi obod boʻlgan joylar esa shu tandaning asta-sekin toʻqilib kelayotgan sergul matosiga oʻshardi. — S. Ahmad — Choʻl burguti.
- Quyosh ham shoshqaloq boʻlib qoldi — tandasini darrov yigʻishtirib oldi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Inoyat oqsoqol Margʻilon bilan Chorterak orasiga tanda qoʻyib qolgan. — S. Ahmad — Ufq.
- Menam shunisiga dogʻman-da, uka. Keyingi vaqtlarda Turdi gʻilay idoraga tanda qoʻygan. — A. Koʻchimov — Halqa.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0