Толковый словарь
taomil
таомил
Значения
- Biror jamiyatda, el-xalqda anʼanaviy odat hukmiga kirgan tartib-qoida, rasm-rusum.
Примеры
- Eski taomil. Yangi taomil. Taomilga kirmoq.
- Toʻyning toʻri aziz mehmonlarga ataladi. Urf-odatimiz, taomilimiz shunday. — M. Nazarov — Choʻlni yashnatganlar.
- Toʻy kunlari ichkarida samovarni koʻpincha erkak kishi qaynatishi eskidan bir taomil boʻlib qolgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Janubiy Amerikaga borib qolsangiz, samolyotda ketyapsizmi, kinoteatrga kirdingizmi.. darrov saqich konfet bilan siylashadi. Taomil shunaqa! — "Fan va turmush".
Этимология
arab. – oʻzaro aloqa, munosabat; hamkorlik
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0