Толковый словарь
tappi
таппи
Значения
- Chorva mollari tezagidan rapida shaklida yasab quritilgan yoqilgʻi.
- Rangi tappiga oʻxshash, qora.
Примеры
- Quruq tappi.
- Tappi yasamoq.
- Tappi yoqmoq.
- U [Zebo] bogʻ va polizga qarardi, hovli supurib, uylarni yigʻishtirardi, non yopib, sigir sogʻardi, kir yuvib, tappi qilardi. — Sharof Rashidov — Qudratli toʻlqin
- Bu besabr jimlik va qorongʻilikda, jinchiroq pirpiragani sari, tappi yopib tashlangan baland devorlar bilan uch tomondan oʻrab olingan hovli yuzi xuddi yerga choʻkib ketayotganday edi — Asqad Muxtor — Opa-singillar
- Ahmadning qoʻli somon qorib, goʻng kurab, naq tappi boʻlib ketgan qoʻllar, qishloqi oʻsmirning qoʻli. — Murod Muhammad Doʻst — Galatepaga qaytish — 1983
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0