Толковый словарь
tarqalmoq
тарқалмоқ
Значения
- Bir oʻrindan, bir toʻp-dan turli tomonga qarab yoʻnalmoq, ketmoq.
- Tevarak-atrofga yoʻnalmoq; yoyilmoq, sochilmoq. Muattar hid butun uyga tar-qaldi. n Qamshgan tutun juda sekin tar-qalmoqda edi. Yoʻlchi nafasini rostlash uchun eshikka chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Bular — bulutlar, Eʼzozxon! Shu bulutlar tunda yigʻshib, kunduz tarqshib turibdi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Joylarga, kishilar orasiga kirib bormoq.
- Kishilar qulogʻiga yetib bormoq, shu tarzda maʼlum-mashhur boʻlmoq; yoyilmoq, bilinmoq. U sarpolarning ovozasi.. butun Toshkentga boʻlmasa ham, shaharning yarmiga tarqshgan. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Urchimoq, urchib koʻpaymoq.
- Arimoq, arib yoʻq boʻlmoq; yoʻ-qolmoq, ketmoq.
Примеры
- Mehmonlar tarqaldi. Qoʻylar har tomonga tarqaldi. n
- Otabek eshikdan chiqqanda, Sodiqni koʻmib kelgan kishshar qurʼon oʻqib, tarqalmoqda edilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Faqat oʻtgan asrning oʻzidagina gripp epidemiyasi toʻqqiz marta tarqaldi. — "Fan va turmush". Kana — planetamizda keng tar-qalgan jonivor. "Fan va turmush". Maʼlum-ki, Eron va Oʻrta Osiyoda islomgacha asosan otashparastlik keng tarqshgan edi. "OʻTA".
- Bu xshqda keng tarqalgan ashula edi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Olmos botirning dovrugʻi hamma yoqqa tarqalibdi. — "Oltin beshik".
- Bu jallod joʻji-boʻji tuxumidan tarqalganga oʻxshay-di.. — Oybek — Navoiy.
- Karaxtligi tarqalmoq. Mastligi tarqalmoq. n
- Bosh ustida tu-tun tarqalar, goʻyo tutun emas, asta-sekin hasrat tarqalar edi. — A. Muxtor — Opa-sin-gillar.
- Uyqusi butunlay tarqalib ketgach, oʻzini juda tetik va bardam sezdi. — F. Musajonov — Himmat.
- Laʼlining jununi tarqal-gan boʻlsa ham, hali yaxshi sogʻayib ketmagan. — H. Gʻulom — Mashʼal.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0