Толковый словарь
tavfiq
тавфиқ
Значения
- Toʻgʻri yoʻlga boshlovchi din yoʻl-yoʻriqlari, insof, diyonat; eʼtiqod.
- Nojoʻya ish, xatti-harakat va shu kabilardan oʻzini tiyish.
- Tavfiq (Erkaklar ismi): arab. – baxtli, omadli, iqbolli ma’nolariga ega.
- Tavfiqqa kelmoq Insofga kelmoq, yaxshi yoʻlga kirmoq, yomon (nomaqbul) ish, xatti-harakatlardan tiyilmoq.
Примеры
- Bu gunohkor oʻgʻilga oʻzing tavfiq ber va men qulingni kechir. — Oybek — Nur qidirib.
- Janob Xoʻja Yahyo molu dunyoga hirs qoʻyib, tavfiqni unutgan. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar. (Ushbu soʻz aslida juda keng taʼrifga muhtoj boʻlgan soʻzlardan biri hisoblanadi, lekin toʻgʻri talqinga yaqinroq boʻlgan birdan bir maʼnosi shuki – Allohning (baʼzi bir insonlarga) barcha ishlarda (xoh dunyo xoh diniy ishlarda) yoʻldosh bo'lishligini, hamda birinchi oʻrinda aynan shu insonga koʻmak va mudofaa berishi (natijasi gʻalaba bilan yakun topishi)ni tushunish lozim;)
- Zolimlarga insof, tavfiq bersin! — dedi buvim koʻzlariga yosh olib. — Oybek — Bolalik.
- U vaqt, — dedi Shodim, — bizni shayton yoʻldan chiqargan edi. Endi tavfiqqa keldik. — S. Ayniy — Qullar.
Этимология
arab. –muvofiqlash(tirish); yarashtirish, kelishtirish; yordam, madad; baxt, omad
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0