Толковый словарь
taxta
тахта
Значения
- \f. — taxta, lavha; varaq
- yogʻoch] 1 Xodadan uzunasiga tilib olingan yassi yogʻoch boʻlagi.
- —Oʻzbek tilining izohli lugʻati
- Boʻr bilan xat yozish uchun maxsus yasal-gan maktab-oʻquv quroli.
- Abjad yozilgan dastali taxtacha (eski maktabda oʻquv quroli sifatida ish-latilgan).
- Turli maqsadda foydalanish uchun taxta, faner va shu kabilardan ishlangan narsa.
- Turli oʻlchamdagi toʻrt burchak yaxlit qogʻoz, varaq.
- Shu taxlitdagi, oʻlchamdagi oyna, tosh, metall va sh.k.; plita.
- q. x. Marza bilan ajratilgan yer boʻla-gi; karta.
- Taxta boʻlib qolmoq yoki taxtaday qotib qolmoq Qoʻrquv yoki hayratdan tong qotib qolmoq, hayron boʻlib qolmoq.
Примеры
- Qaragʻay taxta. Taxtani randalamoq. yash Birinchi xonaga kiraverishda uzun enli taxta qoʻyilibdi. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik.
- Gʻulomjon.. da/shdagi terakzorlaridan toʻrtta baqaterakni kestirib, taxta til-dirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Xonada oʻntacha eski, chang bosgan parta, kiraverishdagi devorga kattakon qora taxta qoqilgan edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Bolalarda daftaru qalam, sinfda taxtayu boʻr boʻlsa ham, oʻqish kitob-larining yoʻqligi Gʻulomjonni yomon dilxun qilar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ikki hafta harflar yozilgan "taxta" oʻqiganimdan keyin domla: -Shanba kuni haftiyakka tushasan.. — dedi. — A. Qahhor — Oʻt-mishdan ertaklar.
- Shaxmat taxtasi. Eionlar taxtasi. Yodgorlik taxtasi. Osh taxta, n
- Men uni tennis taxtasiga boishb, oʻzimcha oʻyin qoidasini tushuntirgan boʻldim. — H. Nazir — Yonar daryo. Turli voqelik va yangiliklarni yoyishda shior va tyukapiar, tematik stend va koʻrsatkich maxmaiwpu alohida oʻrin tutadi. Gazetadan.
- "Qoching! Oʻzim yozaman", dedim. Oʻtirib, yetti taxta qogʻozni toʻldirdim, eshitganlarimning hammasini yozdim. — Oydin — Sadagʻang boʻlay, komandir.
- Anavi qutida yaxshi, koʻk chiziqli taxta qogʻoz bor, oʻshandan ikki varagʻini olib, mana bu yerga oʻtir, qi-zim [dedi Onaxon]. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Marmar taxta. Bir taxta tunuka. Bir taxta oyna. Taxta choy. n
- Maydonning bir chekkasidagi keksa maj-nuntol ostida bir-biriga suyab qoʻyilgan ik-kita qora tosh taxta sagʻana shaklini olib turar edi. — A. Qahhor — Xotinlar.
- Chetroqqa chikib, beton taxtaga oʻtirdim. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Ikki taxta poliz. Tuyaning hazili bir maxma gʻoʻzani yeydi. — Maqol. n
- Soyga tushguncha koʻnda/shng egatli alohida taxta boshlanadi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Ochil-gan yerni katta-katta taxta Qilib, ish boshladi ekmakka paxta. — Habibiy.
- Mezbon, u bilan ikki-uch ogʻiz gapirishdi-da, bilmadim, nima sir oʻtdiki, turgan yerida taxta boʻlib qoldi. — A. Qahhor — Sarob.
- Maymun tilkalan-gan qurbonini koʻtarib, derazada koʻringan-da, matros taxtaday qotib qoldi. — "Fan va turmush". Taxtaga olmoq (yoki tortmoq) Si-quv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq.
- Gʻiyo-siddin qiziq holga tushdi. Oqsoqol uni ikki modda bilan taxtaga tortib, til-jagʻini bogʻlab qoʻygan edi. — S. Ahmad — Hukm.
- Oqsoqol koʻrsa, meni taxtaga torttiradi, seni raisga topshiradi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Riso-latoyni avval taxtaga olib qarasam, Rus-tambek bilan ikkovining orasida ozgina el-chiligi bor ekan. — Hamza — Paranji sirlari.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0