Толковый словарь
tazyiq
тазйиқ
Значения
- Kuch bilan, zoʻrlab oʻtkaziladigan taʼsir, siquv.
- esk. fiz. Bosim.
Примеры
- Jamoatchilikning tazyiqi. Tazyiq koʻrsatmoq. Oʻz fikrini tazyiq bilan oʻtkazmoq.
- Ingliz xoʻjayinlarining tazyiqi bilan Haydarxoʻja yana jiddiyroq ishga kirishdi. — A. Hakimov — Ilon izidan.
- Bir nafasgina qotgan xalq toʻlqini yana kuchliroq tazyiq va matonat bilan olgʻa sapchidi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Suyuqlikning tazyiqi.
- Gʻoyat kuchli bosimga ega boʻlgan neftning yer ostidan qilib turgan tazyiqini qaytarib turgan narsa shu jins edi. — "Fan va turmush".
Этимология
[ arab. – tazyiq; toraytirish; cheklash; ezish, jabr qilish; ezilish ]
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0