Толковый словарь
tegra
тегра
Значения
- Tevarak, atrof.
Примеры
- Tegrasi devorsiz, faqat tollar bilangina ajratilgan uchastka juda serfayz, gashtli koʻrindi.. — H. Nazir — Koʻkterak shabadasi.
- Oʻzini oʻzi boshqarish organlari amal qiladigan hududlarning tegralari aniqlangunga hamda yigʻinlarning raislari qonunda belgilangan tartibda saylangunga qadar ularning vazifalarini bajarib turish shaharcha, qishloq... kengashlari raislari zimmasiga yuklatilsin. — Gazetadan.
- Mulozimboshi osmonga qarab hech narsani anglamadi, bulutlardan ko‘zini uzib devorning nihoyasida hayhotday qorayib turgan xarsang tosh tegrasida chumolidek g‘uj qalashgan ishchilarga, qullarga qaradi. — X. Do`stmuhammad — Donishmand Sizif
- Avvalo, necha yillar maishiy mavzular tegrasida oʻralashib, asl tarixi va anʼanalarini unutayozgan Muqimiy teatrining yana jiddiy asarlarga qayta boshlagani, millat oydinlarini sahnaga olib chiqayotgani gʻoyat quvonchli hodisa edi. — oyina.uz —
- Uzoq umrini ta'limga baxsh etgan keksalar bilan suhbat mavzusi ta'lim tegrasida kechdi.
- Yaxshilik tegrasida uyrula olmasang, yaxshilar tegrasida uyrul. — A. Navoiy —
Этимология
“Tegirmon” va “tegra” soʻzlari bir oʻzakka ega.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0