Толковый словарь
ter
тер
Значения
- Ter bezlari ajratib chiqaradi-gan tiniq suyukdik.
- Mehnat.
- Jon teriga tushmoq 1) qattiq tirish-moq, bor kuchini sarflamoq.
Примеры
- Badanidan ter chiqdi. Terga botmoq. Peshonasini ter bosdi. Aʼzo-yi badanidan ter quyilardi. Ter bez/tri. n
- Uning yelkasiga va turtib chiqqan beliga terdan namiqqan koʻylagi yopishib qolgan. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Peshonasidan doʻlday oqayotgan terlarini oʻng qoʻli bilaan halloslab artayotgan mingboshiga Soli sovuq jiydagul piyolada koʻk choy tutdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Yer kuch bilan, ter bilan unum beradi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Jon teriga tushib ishlamoq; — 2) qattiq azoblanmoq — azobning, ogʻriqning zoʻrligidan majolsiz-lanmoq, holdan toymoq.
- Otlar jon teriga tushib kishnaganlaricha yiqila boshladi, oyoqlari ot ostida qolgan suvorilar ham merganlarning oʻqini yeb, yer tishlab qola-verdilar. — M. Osim — Iskandar va Spitamen. Peshona teri q. peshona.
- Hammasi senu men-daqalarning peshona teridan bino boʻlgan. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Axir kambagʻal xalq oʻz qoʻl kuchi, peshona teri bilan kun koʻrshiga ham iloj topolmay qoldi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Ter toʻkmoq Mehnat sarflamoq, as-toydil mehnat qilmoq. Men kuchimni, te-rimni toʻkay, foydasini soyaparvar boylar koʻrsin.. Qani insof! Oybek, Tanlangan asarlar.
- Ish sharoiti nihoyatda ogʻir edi. Har kupi 12—14 soatlab ter toʻkishga toʻgʻri kelardi. — T. Alimov — Haqiqat yengdi.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0