Толковый словарь
tik
тик
Значения
- I 1 Yuqoriga tikka yoʻnalgan yoki pastga tikka tushgan.
- Yerdagi maʼlum nuqtaga nisbatan vertikal holatdagi tepa (yuqori) qism; tepada shunday holatli.
- Oyoqlari yoki asosi yerga tiralgan, vertikal holatdagi; tikka.
- Boʻyi (nisbatan) baland; boʻychan.
- U yoq-bu yoqqa burilmagan (ogʻmagan), toʻgʻri yoʻnalishli; toʻgʻri.
- Gorizontal yuzaga, chiziqqa perpendikulyar holatli, yuqoriga tikka koʻtaril-gan yoki pastga tikka tushgan; vertikal.
- Tik chiziq 1) vertikal chiziq; 2) perpendikulyar chiziq.
- (ayrim soʻzlar bilan qoʻllan-ganda) Tap tortmasdan, qoʻrqmasdan, dadil, toʻppa-toʻgʻri, roʻyirost.
- Tepa sochi tik boʻlmoq ayn. tepa sochi tikka boʻlmoq q. tikka..
Примеры
- Tik jarlik. Tik qir-gʻoq. n
- Faqat, sohil tik boʻlgani uchun, aravalarni olib chiqish benihoyat qiyin edi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Boboqul otaning nazari tik qoya labida turgan oq uloqqa tushdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Mingboshi shoshib, osmonga qaradi. Quyosh tik.. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ammo oy tik koʻtarilganlikdan ziyo-ratxona ichi qop-qorongʻi edi. — A. Qodiriy — Utgan kunlar.
- Quyosh tik kelganda, Choʻli bobo hammani ovqatga chaqirdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Boʻsh qop tik tur-mas. — Maqol. ■■
- Qiisyuq husniga husn qoʻshgan qaddi raso teraklar tik qomatlarini magʻ-rur koʻrsatib turardilar. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Bularning orqasida tik turgan odamlar bir-birlariga zanjir bilan bogʻlab qoʻyilgan kabi zich va tigʻiz. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Avval haligi tikroq qora bola, keyin boshqalari gʻoyib boʻldi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Men sendayligimda, yoʻq, sendan tikroq boʻlsam kerak, maktabga qatnardim. — S. Anorboyev — Hamsuhbatlar.
- Qishloq markaziga tik yoʻl tushdi. yat Katta tik ariq. Ikki labi togʻ-togʻ tuproq. — I. Rahim — Chin muhab-bat.
- Terak tagidan sholipoya boʻylab yoʻl bor. Chirchiqqa tik chiqadi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Oynisa kurt-kurt beda chaynayotgan otni.. bir lahza kuzatib turdi-da, tavakkal qilib, oxurga tik bordi. — H. Gʻulom — Toshkentliklar.
- Betiga tik aytmoq. n
- Bir xil itlar borki, boʻri bilan tik olishadi. — Oybek — Bolalik.
- Uning [Adolatning] bir vaqtlar hayodan kishiga dadil boqolma-gan chiroyli koʻzlariga gʻazab va alam toʻlgan. Endi u hamma narsaga tik, dadil boqadi. — S. Zunnunova — Gulxan.
- Masturaning oʻlimning yuziga bunchalik tik qaragani.. uchun ope-ratsiyaning natijasini kutmadi. — A. Qahhor — Ming bir jon.
- Desam unga boʻling ogʻir, Tepa sochi boʻldi tik. — "Mushtum". Tik qilmoq q. tiklamoq 2.
- Gʻayrat qilib koʻpchilik, Garajni qildilar tik. — Q. Muhammadiy.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0