Толковый словарь
tinchimoq
тинчимоқ
Значения
- Barham topmoq, toʻxta-moq, bosilmoq; tinmoq (toʻpolon, shovqin-suron va shu kabilar haqida).
- Urish, janjal, notinchlik barham to-pib, osoyishtalik yuzaga kelmoq, tinchlik qaror topmoq.
- Tinch tortmoq, tinchi, oromi joyiga kelmoq.
- Biror ish, niyat va shu kabilarni amalga oshi-rib xotirjam boʻlmoq.
- Ish-harakat, intilish va shu kabilarni toʻx-tatmoq, undan toʻxtamoq.
- Koʻngli (yoki yuragi) tinchimoq Bezovta-ligi, xavotirligi ketib, koʻngli taskin topmoq.
Примеры
- Aʼyonlar supada, odamlar yerda oʻtirib, gʻala-gʻovur tinchigandan keyin, hokim odatdagicha tilmoch orqali xalqni ogʻohlantirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻo-na t.o.
- Oʻsha toʻpolon tinchigandan keyin bir hafta oʻtuvdi hamki, men uy poylab qoldim. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Tinchimaydi cha-qaloq dodi, Xotin quvolmaydi sharpani. — U. Qoʻchqorov — Hayajonga koʻmilgan dunyo.
- Oʻzim mayli, uy-ichimning Tinchi ketdi, Talay gagiar boʻldi, shukur, Tinchib ketdi. — T. Yoʻldosh — Attang.
- Yurt tinchisin desangiz, quymuchlariga shartta tepib, oq fotihalarini berish kerak. — "Mushtum".
- Xat kelganda, tinchir jon, Xat — juda aziz mehmon. \. Olimjon.
- Uy ichi jim-jit, bemor endi tinchigandek boʻldi. — N. Fo-zilov — Diydor.
- [Gulnor] Gohtinchib, gohqiy-nalib yotdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qiz bola ota-onaga omonat, uzatibtinchiy'. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Ana shu nozik mehmon kelgach, mez-bon ham tinchib, qatorga qoʻshsh/di. — "Mushtum".
- -Maktabdan tinchib oldingiz, — dedi Meli polvon kulib. — Endi oʻzingizni ham bir tinchitibqoʻysak boʻlar edi.. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
- Bolam, hech boʻlmasa dam olish kuni bir tinchisangiz-chi. — N. Safarov — Tanlangan asarlar.
- Birdan uloqchi-lar suv quygandek tinchib, tortish oʻrnida toʻplanib qoldilar. — A. Qodiriy — Uloqda.
- Qizimni tilga oldingiz, rais, toʻgʻri, oʻzi ham tinchimaydi, dangasalarga ham tinchlik ber-maydi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Sherbek qoʻliga bilet tekkanidan soʻnggina bir oz koʻngli tinchidi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Payt topaman. Gaplashaman. Boʻlma-sa mening yuragim tinchimaydi. — P. Tursun — Oʻkituvchi. Qulogʻi tinchimoq Behuda, boʻlar-boʻlmas gap-soʻz, ovozlardan qutulmoq, uni eshitmaydigan boʻlmoq.
- Shu odam mahalla-mizdan koʻchib ketdi-yu, qulogʻimiz tinchidi. yash Onaxon rastadan qayrilib, temirchilik mahallasidan oʻtgandan keyingina qulogʻi bir oz tinchidi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0