Толковый словарь
tola
тола
Значения
- Yigirish, gazmol toʻqish va sh.k. maqsadlar uchun ishlatiladigan juda ingichka, puxta tabiiy yoki sunʼiy material.
- Soch, soqol kabilarning har bir moʻyi.
- Kokil, zulf.
- Umuman, tolaga oʻxshash narsa haqida.
- asetat tola - selluloza asetatidan olinadigan sun'iy tola. viskoza tolasi - viskozadan olinadigan sun'iy tola. yuqori modulli tola - kimyoviy tola bo'lib, uning egiluvchanlik moduli tegishli metallarning egiluvchanlik moduliga teng yoki undan ortiq bo'ladi.
- geterozanjirli tola - geterosiklik polimerlardan olinadigan sintetik tola.
- gidrasellulozali tola - regenerirlangan sellulozadan olinadigan sintetik tola.
- diasetatli tola - asetat tola bo'lib, ikkilamchi selluloza asetatidan olinadi.
- o'tga chidamli tola - kislorod ishtirokisiz 1000°C da va undan yuqori haroratda ham parchalanmaydigan tola.
- sun'iy tola - kimyoviy tola bo’lib, tabiiy polimerlarni qayta ishlab olinadi.
- karbozanjirli tola - sintetik tola bo'lib, karbozanjirli polimerlardan olinadi.
- mineralli tola - tog' jinslarining suyuqlanmasidan tayyorlanadigan tola.
- poliakrilonitrilli tola - sintetik tola bo'lib, tarkibida 85% dan ortiq akrilonitril boigan polimer yoki sopolimerdan olinadi.
- poliolefinli tola - sintetik tola bo'lib, murakkab geterozanjirli poli-merlardan olinadi.
- sintetik tola - kimyoviy tola bo'lib, sintetik polimerlardan olinadi.
- shisha tola - suyuqlantirilgan shisha massadan olinadigan tola.
- issiqqa chidamli tola - kimyoviy tola bo'lib, yuqori haroratli havo muhitida uzoq vaqt ishlaydigan tola.
- triasetatli tola - triasetatsellulozadan olinadigan asetat tola.
- kimyoviy tola — tabiiy va sintetik polimerlarni kimyoviy yoki termik qayta ishlab olinadigan tola.
- elastomer tola - sintetik tola bo'lib, 600-700% ga yetadigan yuqori cho'ziluvchanlikka ega bo'ladi.
Примеры
- I pak tolasi. Jun tolasi. Sunʼiy tola, n
- Biz tergan paxtaning har bir tolasin Yovuzlar boʻyniga aylagil sirtmoq. — Gʻayratiy.
- Ayt, bu soching tolasimu, Jon ipin bir ban-dimu? — E. Vohidov.
- Uni quchoqlab oʻpgisi, har bir tolasi ogʻir mehnat, alam bilan sugʻo-rilgan oppoq soqolini koʻzlariga surtgisi keldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻrgimchak toʻqir oq tolalar, xonqizi boradi mehmonga. — Sh. Rahmon — Yurak qir-ralari.
- Poliefir tolasidan ishlangan sunʼiy qon tomirlar arteriya tomirlari torayib qolgan bemorlarga yordam berishda qoʻllanmoq-da. — "Fan va turmush".
- Ogʻriq — jagʻ tola-larining isyoni boʻlib, biror aʼzo yoki vujud-ning "dod-faryodi"dan darak beradi. — "Fan va turmush".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0