Толковый словарь
tong
тонг
Значения
- I 1 Kun chiqish payti, subhidam, sahar, azon.
- Yolgʻon tong aynan subhi kozib qarang subh.
- Biror narsaning boshlanish payti, ilk davri.
- Tong otdi Quyosh chiqish payti yaqin-lashib, kun yorishdi.
Примеры
- Bahor tongi. Tong payti. Tong shabadasi. Tong qorongʻisi.
- Xoʻrozlar ham uygʻonib, Berdilar tongdan xabar. Kimlarga ogʻir botar, Kimni shirin allalar. — Gʻayratiy
- Tongga yaqin toʻplar, mashinalar, tanklar qalangan, jangchilar qaynagan katta manzilning qoʻyniga kirdi. — Oybek — Quyosh qoraymas
- Erta tongda Nurullaboyda Aravaga qoʻshildi otlar. — E. Rahim
- Tong boʻzarib yorishdi. Yolgʻon tongda adashib yoʻlga chiqqan bulutlar taraldi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Tongni tong ottirib, kunni kun bottirib — ertalabdan kechgacha va kechasi bilan tinmay.
- Tunni tongga ulamoq yoki
- tong ottirmoq — kechasi bilan uxlamay, biror ish, xayol va shu kabilar bilan mashgʻul boʻlmoq.
- [Nizomjon] Kechalari yulduz toʻla osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar naʼmasidan, suvlar shildirashidan koʻngilga allaqanday yupanch izlardi. — S. Ahmad — Ufq.
- Toʻxta xola chinakchilikdan chiqqan paxtasini kechalari yigirar, charx oldida tong ottirardi. — I. Rahim — Chin muhabbat. Erta tong yoki tong sahar Juda erta, kun yorishar-yorishmas.
- Baxt tongi. v
- Kunlar kelar — qop-qora ufq Ol shafaqdan boʻlar lolarang, Najot tongin ochadi quyosh. — Gʻayratiy.
- Tong otdi. Tepaliklarning qor bosgan oppoq choʻqqisi, oʻrmondagi daraxtlarning uchi qizardi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0