Толковый словарь
tosh
тош
Значения
- Yaxlit massa yoki boʻlak-boʻlak holda uchraydigan, suv kor qilmaydigan, qattiq, moʻrt togʻ jinslarining umumiy nomi.
- Shunday togʻ jinslarining ziynat buyumlari yasash yoki ularni bezatish uchun ishlatiladigan navlarining umumiy nomi.
- Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻzlar anglatgan narsaning tosh kabi yogʻiluvchi (otiluvchi) narsa sifatida bildiradi.
- Juda qattiq; toshdek (qattiq).
- Narsalarning vaznini oʻlchash, tortish uchun belgilangan, turli shakl va ogʻirlikdagi yuk, qadoq tosh.
- Ogʻirlik, vazn.
- Kasallik tufayli baʼzi aʼzolarda yuzaga keladigan qattiq modda.
- Tosh (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
Примеры
- Oq tosh.
- Ohak tosh.
- Marmar tosh.
- Chaqmoq tosh.
- Xarsang tosh.
- Qayroq tosh.
- Yoʻlga tosh yotqizmoq.
- Togʻning koʻrki - tosh bilan, Odamning koʻrki - bosh bilan. — Maqol
- Suv ketaru tosh qolar - oʻsma ketar, qosh qolar. — Maqol
- Suvonjon tosh terib, inning ogʻzini toʻldirdi. Ustidan tuproq bosib, ketmon bilan yaxshilab shibbaladi. — Sunnatilla Anorboyev — Oqsoy
- Yoshlik chogʻimda men bir hikoya eshitgan edim: Xon bir begunoh odamni gʻazabiga olib, toshboʻron qildiribdi, "Tosh otmagan odam qolmasin", deb oʻzi tepasida turibdi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariBagʻri (yoki qalbi, yuragi) tosh - oʻta bemehr, achinish, kuyinish his-tuygʻusi yoʻq.
- Hayosiz inson bagʻri tosh boʻladi.. — "Mushtum"
- Zaʼfaron boʻldi yuzlar.. Xonlar qalbi tosh boʻlgan. — Yo. MirzoBoshi toshdan - oʻta chidam-bardoshli.
- Bandasining boshi toshdan, ha, u hammasiga chidaydi - majbur-da. — E. Aʼzamov — JavobBoshida tosh (yoki danak, yongʻoq) chaqmoq bosh.
- - Ofarin! - kinoyali tovush bilan qichqirdi Ahmad Husayn. - Kishining boshida tosh chaqib, yana shafqat haqida soʻz sotishga naqadar mohirsiz! — Oybek — Nur qidiribBoshing toshdan boʻlsin - chidam-bardoshli boʻlish, oʻlim-yitim bilmaslik haqidagi istak, duoni bildiradi.
- -Hammalari biram sipo, biram salobatli odamlar ekan.. hay, ishqilib boshlaring toshdan boʻlsin, qoʻsha qaringlar! - dedilar. — Parda Tursun — OʻqituvchiTosh qotmoq - 1) his-sezgisiz holatda boʻlmoq.
- Ayolning tosh qotgan koʻzlarini qaygʻu teshdi. Yuzlaridan tomchilar yumaladi. — Oybek — Quyosh qoraymas
- Koʻzlarini roʻparadagi gujumning yashil butoqlariga tikib, chuqur, qizil yopqichli kursida tosh qotgan. — Sa’dulla Siyoyev — Yorugʻlik 2) qattiq uyquga ketmoq.
- Tosh qotgancha tush koʻrmish, Tushda qiziq "ish" koʻrmish. — "Mushtum"Toshingni ter - ishingni qil; yurishingni qil; joʻnab qol.
- Qabr toshi.
- Marmar tosh.
- Oltin, kumush - tosh emish; arpa, bugʻdoy - osh emish. — Maqol
- [Doroning] Qoʻlidagi uzun aso dastasiga qadalgan qimmatbaho toshlar qorongʻi kechadagi yulduzlardek porlar edi. — Mirkarim Osim — Shiroq
- [Olimxon] Barmoqlariga toshi yirik uzuklar taqadi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Yon tomondagi toshga.. "Maʼrifatxon, jannat makon" deb yozilgan va hijriy bilan 1335 deb tarix qoʻyilgan edi, — Abdulla Qahhor — Xotinlar
- Ular Abdurasul ustiga laʼnat toshini yogʻdirib, uning shaʼniga yolgʻonlarni toʻqir edilar. — Parda Tursun — Oʻqituvchi
- - Niyatingiz tezroq mendan qutulish, ortiqchalik qilayotganimni sezib turibman, - deb taʼna toshi otgani otgan. — Jonrid Abdullaxonov — Xonadon
- [Kampir:] Hah, shumtakalar, ogʻizlaringda erib ketadigan suzma qurutni bersam, olmaysizlar, shu tosh qurutni talashasizlar. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Tarozi pallasiga tosh qoʻymoq.
- Bir kiloli tosh.
- Sharofat.. bu kecha shu yerda qolib, Sidiqjonni bu yerga bogʻlagan, uning dimogʻini shishirgan narsani yaxshilab bilmoqchi va shunga qarab tosh qoʻymoqchi boʻldi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Olingan mol toshidan kam keldi. yat Shu shanbadan qoldirmay toʻyni boshlaylik; semiz qoʻy, yotsirab, yana ikki kun ovqat yemasa, toshini yoʻqotadi, ozib qoladi.. — S. Abdulla — SoyalarTosh bosmoq - 1) maʼlum (moʻljaldagi) ogʻirlikka ega yoki ega emaslikni bildiradi.
- -Hali siz aytganingizdek, - dedi Oliyaxon, - pillasi ham tosh bosmaydi. — N. Safarov — Oliyaxon Sultonova 2) salmoq-salobatga ega boʻlmoq.
- Keling, soʻzlaringizni taroziga solaylik, puchmi yoki tosh bosadimi, darrov maʼlum boʻladi. — Sharof Rashidov — Boʻrondan kuchli
- Buyrak toshi.
- Toshni oldirmoq.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0