Толковый словарь
toshqin
тошқин
Значения
- Qor va muzliklarning shiddatli erishi, yogʻinning koʻp boʻlishi, tabiiy va sunʼiy toʻgʻon va dambalarni suv vayron qilishi va boshqa sabablar tufayli daryo, soy, koʻl suvlarining qirgʻoqdan oshib, sohil, yerlarni bosuvi.
- sifat Joʻsh urgan, pishqirgan, joʻshqin.
- Gʻayrati ichiga sigʻmaydigan, oʻt-yurak, qaynoq.
- Toshqin (erkaklar ismi).
Примеры
- Bahorgi toshqin.
- Toshqin suvlari.
- Toshqin xavfi.
- Uning dokladi va muzokaraga tayyorlangan chollarning soʻzlaridan toshqin manzarasi, bu ofatning butun oqibatlari hammaning koʻz oldida gavdalandi-qoldi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Toshqin daryo.
- Toshqin yigit.
- Toshqin qalb.
- -Barakalla, otangizga rahmat! — dedi Qudrat quvonib. Keyin toshqin bir mehr bilan soʻradi: -Qishloqqa qachon qaytasiz? — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0