Толковый словарь
tovlamoq
товламоқ
Значения
- s. t. ayn. toblamoq I I.
- Mehrini tovlamoq Mehrini uygʻotmoq.
- ayn. toblamoq I 2.
- Bosh tovlamoq ayn. bosh toʻlgʻamoq, bosh tortmoq 2 q. bosh.
Примеры
- Qoʻlini oʻtga tovlamoq. m
- Qishloq xalqi-ning koʻpchiligi dalada edi. Guzarda oʻn besh-yigirma chogʻli — oʻzini oftobga tovlab yotgan ishyoqmaslargina bor edi. — H. Shams — Dushman.
- Elmurod titrab-qaqshab, ularning oldiga bordi-da, muzlagan qoʻllarini oʻtga tovladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Vasilaxonning qop-qora charos koʻzlari, kamon qoshlari Xadicha xolaning mehrini tovlab yubordi. — T. Alimov — Sovgʻa.
- Har kuni bir yoqimtoy qiliq chiqarib, mehringni tovlaydi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
- Kulalaning qoʻlidan faqat charxlash, tesha tovlash keladi. — A. Qahhor — Oʻtmishdan ertaklar.
- Uzoqlamay Normuhammad qushbegi Qoʻqondan bosh tovlab, oʻz oldiga mustaqil hukumat eʼlon qilgan boʻldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bordi-yu, darhaqiqat, sen oʻylamagan ekansan, ozgina choy-chaqani ayamasang, Azroil ham spravka berishdan bosh tovlamaydi.. — S. Abdulla — Soyalar. Boʻyin tov-lamoq q. boʻyin.
- ..tashkiliy ishlarning Mirza-ga topshirilishi unga juda yoqib tushgan, ularning birontasidan ham boʻyin tovlamagan edi. — O. Yoqubov — Mirzaterak.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0