Толковый словарь
tovon
товон
Значения
- . Oyoq kaftining orqa qismi.
- . Oyoq kiyimining shu joyga toʻgʻri keladigan qismi.
- . Keltirilgan zararni qoplash uchun toʻlanadigan yoki olinadigan xaq.
- . dagi soʻz bilan qoʻllanib, biror narsa, ish-harakatning shu kelishikdagi soʻz bildirgan shaxs zimmasida ekanligini bildiradi.
- Tirik (yoki quruq) tovon. Butun ehtiyoj, turish-turmushi kimsaning zimmasida bulgan shaxs.
- Tovon toʻlash Fuqaroning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga yetkazilgan moddiy ziyonni yoxud uning oʻziga yetkazilgan maʼnaviy zararni oʻrnini qoplash.
- Tovoniga qolmoq Yuz bergan zarar yoki hodisa uchun tovon toʻlovchi, javobgar boʻlib qolmoq.
Примеры
- Yumshoq tuproqqa qadam qoʻyganingda, tovoning huzur qiladi.
- Kalishda terlab, tovonlari qorayib ketgan oyoqlarini suvga tiqib shaloplatdi, joni rohatlandi. — "Yoshlik".
- Tovoni teshik mahsi. Tovoni qora paypoq.
- Avazning ham tovoni teshilayozdi, kovushining butuni qolmadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Tovon olmoq. Tovon toʻlamoq.
- Kelgan baloyu qazo oʻshanga ursin. Tovon toʻlab, nafsoniyatimni-yam yerga urmang. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Roʻzgʻorning ikir-chiqir ishlari qizi Zuhraga tovon. — A. Muhiddin — Aybsiz aybdor.
- Men kolxozingga tirik tovon boʻlishni istamayman. — O. Yoqubov — Diyonat.
- Qiynab qoʻyaman, deb oʻylamagan edim. Men sizga tirik tovon boʻldim. — B. Rahmonov — Oltin odamlar.
- Nima ish kelarkan uning qoʻlidan. Quruq tovon-ku! — S. Zunnunova — Gulxan.
- Velosipedga ehtiyot boʻl, buzib qoʻysang, tovoniga qolasan.
- ..bas qilaylik, biror kor-hol boʻlib, tagʻin tovoniga ham qolib oʻtirmaylik. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Ishqilib, yangamning yuragi yaxshmi? Yana tovonlariga qolib oʻtirmaylik. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
Этимология
fors. – tovon jarima, penya, haq toʻlash
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0