Толковый словарь
tubanlik
тубанлик
Значения
- Past holatga egalik, past ekanlik. Sodiq qoʻlidagi xanjarini bir-ik-ki qayta solib koʻrsa ham, tegdirish uchun kesmaning tubanligi xalal berdi, lekin oʻzi tetik edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Tuban shaxsga xos holat-xususi-yat; tuban xatti-harakat, razolat.
- Tubanlikka bormoq (yoki ketmoq) Tuban holat, xususiyat kasb etmoq; tubanlashmoq.
Примеры
- Ilgʻorlik bilan qoloqlik, samimiylik bilan hasad, oliyjanoblik bilan tubanlik.. toʻqnashadi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Ayol kishiga qoʻl koʻtarish — ojizlik belgisi, tubanlik — madaniyatsizlik belgisi. — Gazetadan.
- Pastkash ishlar bshshn shugʻullanadigan kim-salar.. shunday tubanlikka borib, kishilar-ni aldaydi, qalloblik qiladi.. — Mirmuhsin — Umid.
- Izzat-hurmat koʻrgan odamni tah-qirlasang, tubanlikka ketasan. — Gazetadan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0