Толковый словарь
turtmoq
туртмоқ
Значения
- Gavda (tana)ning biror aʼzosi (qismi) bilan teginmoq, tegmoq.
- Shunday harakat — eʼtiborni tortuv-chi, ishora qiluvchi, undovchi belgi sifa-tida.
- Eʼtiborni tortuvchi, ogo\lan-tiruvchi gap-soʻz, xatti-harakat qilmoq.
- Xoʻrlamoq, kamsitmoq, yerga ur-moq.
- "Ketmoq", "oʻtmoq", "qoʻymoq" feʼllari bilan birga kelib (boshqa nar-salar qatorida), "qayd qilmoq", "taʼkid-lamoq" maʼnosini bildiradi.
- Turtib chiqmoq Tekis (toʻgʻri) joyga, holatga nisbatan boʻrtib turmoq, koʻtarilib turmoq.
Примеры
- Turtib yubormoq. m
- Polvon odamlarni ita-rib, turtib oʻtdi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Toʻrt kun avval, ertalab mashina turtib ketdi. — O. Moʻminov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Qayragʻoch tagidagi soʻrida oldiga choy-nak qoʻyib, yolgʻiz oʻzi xayol surib oʻtirgan us-tani koʻrib, hamrohimni turtib qoʻydim. — S. Ahmad — Xazina.
- Aravakashning ichki holati-ni sezib turgan Badia chidab turolmay, dar-hol otasini turtdi: -Suv beraymi, ota? — Mirmuhsin — Meʼmor. -Qaytanga ikki non-xoʻr kamayadi, —
- dedi Bayonqul aka va etigi-ning uchi bilan oyogʻimni turtdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Karimqul ponsad hojini turtmak maqsadi-da: -Kengashli ish tarqamas, deganlar. Hoji akamiz oʻylashib javob bersishar-chi, axir! — deb qoʻydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Yigʻi-lish joyida oʻtdi. U kishilarni ancha turtib, changini qoqib qoʻydi.. xotirjamlikka berilib ketganlarning koʻzini ochib qoʻydi. — H. Tursunqulov — Hayotim qissasi.
- Birovni nohaq turtish, xoʻrlash yara-maydi. Urgandan turtgan yomon. — Maqol.
- Biz yuqori-da ham turtib oʻtgan edikki, Otabek na Yusufbek hojiga, na Oʻzbek oyimga va na Hasanaliga Margʻilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..biror narsa yozish niyatlari boʻlsa, xo-lamning oʻzbek ayollariga mutlaqo yot boʻlgan mana shu yovvoyilik odatlarini ibrat uchun qalamlari uchida bir turtiboʻtsalar. — N. Safarov — Xadicha Ahrorova.
- Devorning turtib chiqqan joylari. m
- Kulcha yuz, yonoqlari turtib chiqqan.. amir-zoda na Muhammad Taragʻay va na Boysunqur-ga oʻxshardi. — Mirmuhsin — Meʼmor. U
- kishining burni andak uzunroq, engagi oldinga turtib chiqqan.. sochi fatila-fatila boʻlib, yel-kasiga tushgan edi. — N. Aminov — Suvarak.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0