Толковый словарь
tus
тус
Значения
- Narsalarga xos boʻlgan rang, rang koʻrinishi.
- Tashqi koʻrinish; qiyofa.
- Tus bermoq Qandaydir tus paydo qil-moq, qandaydir tusga olmoq, tusda ifoda-lamoq, tus kiritmoq.
Примеры
- Tusi oʻzgarmoq. Tusioqarmoq. Tu-sini yoʻqotmoq. n
- Shuning uchun yoz kunlari maxdumning bogʻchasi oq, nimrang, ola-zangor, malla-lojuvard va boshqa tus kapalaklar-ning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir koʻrinishga kiradi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Marzalardagi maysa-giyohlar bir xil rangda — oltin tusida tovlanadi. — N. Aminov — Suvarak.
- Mardon Yoʻlchiyevich novcha, yuzi choʻzinchoq, tusi ham Temirjonning chehrasi-day tiniq ekan. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Odatda dengiz suvi koʻkimtir rangli, boʻla-di. Primoryeda esa dengizning suvi temir zangining tusini eslatadi. — Gazetadan.
- Zamonlar oʻz-garadi, joyning ham tusi oʻzgaradi. — Y. Sham-sharov — Toshqin.
- Bolalarning qiy-chuvi, xo-tinlarning baqirib-chaqirishlari bu jim-jit toʻqayzorga mahalla tusini berib qoʻydi. — S. Ahmad — Ufq.
- Qizi shomda qaytganda, hovlida gard ham yoʻq, salqin, suv sepilgan, hovlining tusi oʻzgarib, chang bosib yotgan akaslar ham chehrasi ochilganday edi. — S. Nu-rov — Narvoy.
- Homid magʻrur tus bilan Ota-bekka qaradi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Qu-vonch, qoʻshiq har yonda, Oq kaptarlar osmonda Parvoz qiladi koʻrkam, Bayram tusida oʻl-kam. — R. Bobojon.
- Yuziga tushunib boʻl-maydigan allaqanday tu s berib, bir xoʻrsi-nib qoʻydi-da, unga dedi.. — K. Yashin — Hamza. -
- Nahotki oʻz jangchilarimizni unutsak, — deya gapga tus berdi Muharram. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Har anorlarki donasi choynakday, uzumini koʻtarolmay bukilib qolgan ishkomlar, yombi oltindek sap-sariq behilar bu boqqa chinakam jannat tusini berar edi. — S. Ahmad — Hukm. Tus olmoq Qan-daydir tus-qiyofa kasb etmoq; tusga kir-moq.
- Uning rangi oqarib, vajohati qoʻrqinch-li tus oldi. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- Pay-kallar etagini yuvib oqayotgan Qashqa suvi qizgʻish-sariq tus olib.. tol, jiydalar ostigacha toshgan. — S. Nurov — Narvoy.
- Asta-sekin munosabatlarimiz boshqacha tus ola boshladi. — E. Aʼzamov — Javob. Tusga kirmoq Qandaydir tus, qiyofa kasb etmoq, tus-qiyo-faga aylanmoq.
- Ariq va anhorlardagi suvlar shaffofligini yoʻqotib, mallarang tusga kirdi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Murzin uning nazarida lahza sari yuksalib, ajoyib qahramon tusiga kirib bormoqda edi. — Shuh-rat — Shinelli yillar.
- Nafis kiyimlar bilan yosh kelin tusiga kirgan Xoljon.. de-razadan oʻtgan-ketganlarni tomosha qilib oʻtirdi. — Gʻayratiy — Dovdirash.
Этимология
eski turkcha tǖs so’zidan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0