Толковый словарь
tutqun
тутқун
Значения
- . Asir olingan, asirlik holatidagi shaxs; asir, bandi.
- . Erki, huquqi oʻzida boʻlmagan, huquqi birov ixtiyorida boʻlgan.
Примеры
- Oradan yarim soat oʻtar-oʻtmas, haligi turkman.. yana tutqunlar qoshida paydo boʻldi. — S. Ayniy — Qullar.
- [Togʻamni] Tutqun qilib olganlardan biri men bilan oʻzlari orasida oʻtgan voqeani u yerdagilarga aytib berdi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Farzandim, yolgʻizim, gʻanimlarga tutqun boʻlib qolmagin. — "Ravshan".
- Bundan ortiq jazo berishdan oʻzini tiydi, sabab ustod Qavom boshqa tutqun kishilarning qahrli koʻzlaridan hayiqdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Seni koʻrdim, yodimga tushdi Yoshligimda koʻrgan bir juvon. Oʻzi suxsur kabi goʻzal edi, Faqat tutqun, bagʻri toʻla qon. — Uygʻun.
- Biz baliq ovlovchi, tutqun qullarmiz, Ne tutsak, xon tomon darhol yoʻllarmiz. — S. Abdulla.
- [Zumrad] Shuncha tutqun boʻlishiga qaramasdan, bu qizning qalbiga muhabbat olovi allaqachon tushgan edi. S. — S. Zunnunova — Gulxan.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0