Толковый словарь
uchmoq
учмоқ
Значения
- Qanot vositasida havoda hara-katlanmoq, qanot qoqib, biror tomonga yoʻ-nalmoq; parvoz qilmoq.
- Maxsus mexanizmlar, apparatlar yor-damida havoda bir tomonga yoʻnalmoq; parvoz qilmoq.
- Yelmoq, esmoq (shamol haqida).
- Shamol, zarb yoki boshqa narsa taʼ-sirida havoda biror yoʻnalishda harakat-lanmoq.
- Havoda kezmoq, parvoz qilmoq (mavhum narsalar haqida).
- Juda katta tezlikda harakatlan-moq.
- Qor, muz ustida sirpanmoq, toygʻanoq otmoq.
- Mavjud yeridan uzilib otilib ketmoq.
- Sinib uzilmoq, sinmoq.
- Asab yoki boshqa taʼsir sababli pir-piramoq, titramoq (lab, kiprik kabi aʼzolar haqida).
- Berilmoq, qiziqmoq, asiri boʻlmoq (asossiz, nomaqbul ravishda).
- Kayf taʼsirida es-xushini yoʻqot-moq, oʻzidan ketmoq.
- Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻzlar anglatgan narsaning yoʻq boʻlishi (yoʻqolishi), ketishi maʼnosini bildiradi.
- Yelga (yoki havoga, osmonga) uchmoq q. yel. Eh,
- attang, orzular uchdi havoga, Anglamay yoʻliq-dim bu bedavoga. Ya. Qurbon, Mehrim va qah-rim. Koʻzim uchib turgani yoʻq yoki koʻzim uchib turuvdi (alohida, kinoya ohangi bilan). Biror shaxe yoki narsaning kelishini, boʻli-shini yoqtirmaslik, istamaslikni bildiradi.
Примеры
- Qush qanoti bilan uchib, quyrugʻi bilan qoʻnar. — Maqol. m
- Bahor hididan besaranjom boʻlgan qargʻalar qa-gʻillab.. dalssshr ustida uchardi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Balandda, yulduzli koʻkda, qayoq-qadir samolyotlar uchib oʻtdi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Asad modeli esa, Tik va tez uchar edi. — T. Toʻla.
- Meʼmor-ning diqqatini keng va yash-yashil dala, gʻir-gʻir uchayotgan shabada, adirlardagi qip-qi-zil gilam lolalar tortsa ham.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Havoda momiq oq tolalar argʻamchi boʻlib uchib yurardi. — Gazetadan.
- Tepada ruhni sugʻurib olayotgandek xunuk ingrab uchgan snar-yadlar atrofda yorilmoqda. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Kuy uzoqdan, boy-nikidan uchar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yodimdadir achchiq dardlarim kabi Fazolarda uchar xayolim. — R. Parfi.
- Qoʻshiq uchar edi koʻk-da bearmon. — A. Oripov — Yurtim shamoli.
- Tepalikka uchib chiqayotgan otning tuyo-gʻi yerdan bosh koʻtarib, bugun-erta ochilay deb turgan lola gʻunchasini ezib, yanchib oʻtdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Mashina shiddat bilan qaltis togʻ yoʻlidan uchib ketdi. — Gazetadan.
- ..poyezd choʻldan koʻm-koʻk vodiyga birdan uchib kirarkan.. fargʻonalik askarning koʻzlaridan ixtiyorsiz ravishda qaynoq yosh tomchilagan edi. — Oybek — O.v. shabadalar.
- Chanada uchmoq. n
- Momiq qor koʻrpasi-ga burkangan Chimyon togʻlari bagʻrida yoshlar changʻi uchishmoqda. — Gazetadan.
- Togʻdan uchgan katta-katta toshlar. Bola mototsikldan uchib ketdi. n
- Soqolli soldat ot tagida qoldi, unisi otdan uchib, yumala-nib ketdi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- ..tovoqning jinday joyi uchgan ekan. — "Mushtum".
- Shisha-si yarmidan uchgan kichkina lampani tutatib, yolgʻiz oʻtirar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..singan, cheti uchgan, chegali piyola, choynaklar. — Oybek — Bolalik.
- Onasi tebranib qoʻydi. Qo-voqlari pir-pir uchdi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Bu bolaning bir qadar oʻzini mus-tahkam tutishi Tolib akaga yoqmadi, labi asabiy uchdi. — F. Musajonov — Himmat.
- ..ogʻ-zining ikki chekkasida zulukday osilib turgan yoʻgʻon moʻylovlari bir-ikki uchdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Shi-rin gapga uchma, maqtaganni quchma. — Maqol. n
- [Rashida] Kursdoshi Temurning yengiltak gaplariga uchdi-yu, Ruzimatni butu tay unut-di. — Toʻlqin — Ogʻir eslash.
- [Eldor:] Darvoqe, Rayhonning nimasiga ucha qoldim ? — J. Abdul-laxonov — Tong yorishgan sohilda.
- Aqlli odam-lar maqtovli va balandparvoz soʻzlarga uch-maydilar.. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Afandi boʻza ichib, uchib qolibdi. — "Mushtum".
- Maʼmurjon koʻchadan ichib kelgan ekanmi, yuz gramm shampanni otdi-yu, uchib qolishiga sal qoldi. — Sh. Xolmirzayev — Toʻl-qinlar.
- Barakasi uchmoq. Hushi boshidan uchmoq. Kayfi uchmoq.
- Kelibdilar-da.. sizni koʻramiz deb koʻ-zimiz uchib turuvdi! — A. Muxtor — Opa-singil-lar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0