Толковый словарь
udum
удум
Значения
- . Umum tomonidan qabul qilingan va amal qilinadigan tartib; odat, rasm.
- . Ayrim shaxsga xos ish-mashgʻulot, odat.
Примеры
- Toshkentlikda bagʻoyat qadim Yashab kelar ezgu bir udum: Uchrashganda birinchi soʻroq — "Tinchlikmi?" deb hol surishtirmoq. — M. Shayxzoda.
- Qora uylarni esa, eski udumga koʻra, faqat ayollar tikishadi. — Sh. Xolmirzayev — Ogʻir tosh koʻchsa.
- Parrandaga oʻch: hali qarqunoq tutib keladi, hali bedana. Bobosining udumini qilib, ovchi boʻlaman, deydi. — Nazir — Soʻnmas chaqmokdar.
Этимология
arab. yoʻqlik, nomavjudlik; yoʻqolgan (yoʻqotilgan) narsa
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0