Толковый словарь
ulfat
улфат
Значения
- Suhbat, ziyofat va shu kabilarda doimiy birga boʻladigan kishilar birligi, shunday kishi-lardan iborat boʻladigan yigʻin; ulfatchi-lik.
- Shunday yigʻin, ulfatchilikning har bir qatnashchisi, aʼzosi (boshqalariga nis-batan); joʻra.
- Umuman, suhbat, ziyofat va sh.k. uchun toʻplangan (ikki va undan ortiq) shaxslar, ulardan har biri (bir-biriga nisbatan).
- ayn. ulfati.
- Doim birga boʻluvchi narsa; "she-rik".
- Ulfat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
Примеры
- Mirza sariq qoʻshilgan ulfatdan tezda qutulib chiqish oson boʻlmaydi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Qishning uzun tunlari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Salimboyvachchaning ulfatlari bu hafta mash-hur bir boyvachchaning dalasida toʻplanishla-ri kerak edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Boltavoyning yallasiga quloq soladigan ulfatlar choyxonani tark etib, urushga ket-gan. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar. Qarasa, kabobpaz yigit: Hisob-kitob qiling-u, ul-fatingiz bilan daf boʻling, — deb turibdi. "Guldasta".
- Xoʻjayin juda ulfat, dil-kash odam chiqib qoldi. Men ishlayman, u boʻl-sa choy quyib berib oʻtiradi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Bir qalam, oppoq qogʻoz birlan siyoh-don ulfatim. — S. Abdulla.
- U mudir boʻlgan kundan buyon aroq bilan ulfat tutinib, bosar-tusarini bilmay.. yura berdi. — "Mushtum". 1
Этимология
a.° i — rozilik; ittifoqlik, inoqpik; yaxshi koʻrish, mehr, muhabbat
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0