Толковый словарь
ulkan
улкан
Значения
- Egallagan oʻrni, hajmi gʻoyat yirik, juda katta, buyuk.
- Koʻlami, qamrovi, qudrati jihatdan juda katta; buyuk.
- Mazmun-mundarijasi, ahamiyati jihatidan katta, yirik.
- Nom, eʼtibor qozongan; buyuk, ulugʻ.
Примеры
- Ulkan bino. Ulkan daraxt. Ulkan daryo. Ulkan qurilishlar. n
- -Ming yil chaqmoq chaqsin, ulkan togʻ gerdayib turaveradi, — dedi Bektemir qat’iy. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Ana shu zaylda oylar, yillar, qandaydir bir ulkan dengizga qoʻshilishni istagan irmoqlarday, shildirab oqib oʻta bosh/shydi. — M. Jabborov — Sevinch yoshlari.
- Juda ulkan ish. Faqat sizlardaqangi mardi maydonlar eplay oladigan ish! — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Bunyodkor xalqimiz vodiy va vohalarda sunʼiy dengizlar, ulkan sanoat korxonalari barpo etmoq-da. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Navoiy muyeammatlari uning ulkan lirik merosining uzviy bir qismidir. — "OʻTA".
- Ulkan asar. Ziynatullayevning qoʻlida zoʻr haqiqat boʻlib koʻrinayotgan narsa —
- aslida ulkan haqi-qatdan uzib olingan bir haqiqatcha ekanini u endi aniq koʻrib turardi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Bugungi Navroʻz bayrami barcha-barchaga yangi baxt, ulkan zafarlar keltiradi. — Gazetadan.
- Ulkan yozuvchi. Ulkan oqin.
- Qarindoshim, tugʻishqonim, ulkan qozoqsan oʻzing. — Gʻ. Gʻulom. U
- adabiyot va sanʼat olamining zukko bilimdoni.. otashin notiq va ulkan sanʼatkor edi. — Gazetadan.
- Pahlavon Mahmud javonmardlik oqimining ulkan namoyandalaridan biri boʻlgan. — "OʻTA".
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0