Толковый словарь
uy
уй
Значения
- Yashash uchun yoki turli tashkilot, muassasa va shu kabilar joylashishi uchun moʻljallangan bino.
- Yashash uchun moʻljallangan bino ichidagi har bir xona.
- Biror ijtimoiy talabni qondirishga qaratilgan muassasa.
- Biror oila yoki xonadon oʻrnashgan bino va shu binoga taalluqli yer; hovli.
- Oila; xonadon.
Примеры
- Uch xonali uy.
- Besh qavatli uy.
- Baʼzan koʻrinar koʻzga Shohona uylar koʻrkam. — Gʻayratiy
- Faqat kanal emas, balki toʻgʻonlar, shlyuzlar, temir-beton uylar ham bir yoʻla va birdaniga qurilayotganga oʻxshaydi. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Bu bino uch uy va bir ayvondan iborat.
- Yorugʻ uy.
- Keng uy.
- Uylarda, ayvonlarda xotinlar koʻp edi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Ochiq eshikdan esgan shamol uy ichida Sabogulning sochlarini toʻzgʻitdi. — Sa’dulla Karomatov — Oltin qum
- Mehribonlik uyi.
- Dam olish uyi.
- Madaniyat uyi.
- Quyoshning aksida koʻrinar yaqqol Maʼrifat uyiga tashlangan qadam. — Gʻayratiy
- Qizlik uyga qirq ot boylanar. — Maqol
- Uylar, koʻchalar qulf urib gullagan daraxtlar orasiga shoʻngʻigan. — Guldasta
- Bogʻkoʻcha tamom boʻlganidan keyin brigadirning uyidan oʻtishga toʻgʻri keladi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil
- Qirquy quda boʻlsa, qirq yil qirgʻin boʻlmas. — Maqol
- Yomon arava yoʻl buzar, Yomon kishi uy buzar. — Maqol
- Farzand - uy obodligi, Kelajak niholidir! — Yo. Mirzo
- Uydagilar mening havoyiroq boʻlib qolganimni bilishadi. — Sa’dulla Siyoyev — YorugʻlikUy ichi - oila aʼzolari.
- [Xolisxon:] Uy ichlarimiz qalay, barisi tirikmi? — Hamza — Paranji sirlariUyi buzilmoq - er-xotinning ajralganligi, oilasi barbod boʻlganligini bildiradi.Uyi kuymoq - xonavayron boʻlmoq.
- ..unda mening uyim kuyadi-ku, axir. — Komil Yashin — Hamza
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0