Толковый словарь
uzmoq
узмоқ
Значения
- Kuch bilan tortib, yulqib, bu-tundan ajratmoq, butunni qismga boʻlmoq.
- Palak, novda yoki tupidan ajratib ol-moq, kesmoq.
- Kesib, qirqib, joyidan boʻlak qil-moq.
- Turgan, yopishgan joyidan ajratmoq, xoli qilmoq.
- Davom qildirmaslik; toʻxtatmoq, kes-moq.
- Qarzni toʻlamoq, evazini bermoq (qay-tarmoq).
- Qattiq tishlamoq yoki chaqmoq; tishlab yoki chaqib yaralamoq.
- Qattiq taʼsir qilib azob ber-moq, ogʻritmoq, achishtirmoq (issiq, sovuq, zarb, gap-soʻz va shu kabilar haqida).
- Ichagini uzmoq Kulgi va shu kabilardan holdan toydirmoq.
Примеры
- Hoʻkiz bir siltab, arqonni uzib yubordi. m
- Joʻra poshsha boʻynidan marvarid marjonini chiqardi-da, ipini shart-shart uzib, marva-ridlarni kigizga toʻkdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t.o.
- Dutorchi dutorning qulogʻini jahl bilan qattiq burab, torini uzib yubordi. — A. Qahhor — Qanotsiz chittak.
- Ziyodaxon, zuvala uzar ekan, hazilomuz javob berdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Qovun uzmoq. Pomidor uzmoq. Uzum uzmoq. Olma uzmoq. n
- ..gulga termi-lib oʻtirishni emas, oʻsha gulni uzib, iskab yurishni yoqtiradi. — S. Siyoyev — Otliq ayol.
- Qilich bilan boshini uzmoq. sht Gluxov-ning ikkala oyogʻini naq sonidan snaryad uzib ketdi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Bu xarsangni yerdan uzib boʻl-maydi. Tandirdan non uzmoq. shsh Japaq qiz-chani bagʻridan zoʻrgʻa uzib, otilib tashqari-ga chiqdi. — A. Muxtor — Qoraqalpoq qissasi.
- Yunus.. tizzalarini ogʻriq kemirib yeb tash-layotgan boʻlsa ham, boshini yostiqdan uzib, qimirlatib qoʻydi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Gapni uzmoq. Suhbatni uzmoq. m [ Sao-dat:]
- Qoʻrqmasim ham bormi, oʻzingga ehtiyot boʻl, xatingni uzma. — N. Safarov — Saodatning qissasi.
- Boʻy yetgan qiz, hozir sen bshshn alo-qani uzgan, uzmasa ham, boʻshashtirgan boʻlar edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- [Gʻofir:] Shuncha qarzim bor ekanmi? Men buni qanday uzaman, boy ota? — Hamza — Boy ila xizmatchi.
- Olgan omonatini bata-mom uzdimi? — K. Yashin — Hamza.
- ..yurtdan yegan oshlarini uzish niyatida toʻy taraddudiga tushdi. — S. Ahmad — Xazina.
- Itning ishi — uzmoq, Yomonning ishi — buzmoq. — Maqol. n
- Atrof-da gʻuv-gʻuv pashsha: oyoqlarga yopishadi, burun kataklariga suqiladi, quloqni uzadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qizilqumda qish izgʻirini badanni uzib ola boshlagan kezda, kechagi student trassaga kelib, kolonna me-xanigi boʻlib ishga tushgan edi. — H. Nazir — Oʻt-lar tutashganda.
- Shudgor, qizigan misday, oyoq-ni jizillatibuzib oladi. — F Gʻulom — Tiril-gan murda.
- Pishiq oʻrilgan charm qamchin bilan Yoʻlchining ochiq koʻkragini va boʻynini uzib oldi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..oʻrtoq Debilov shu gaplari bilan Farmonqul akani bir uzib oldi. — S. Mahkamov — Shogird.
- Oʻtov ogʻasi Sulaymon oqsoqolni kuldirib ichagini uzdi. — K. Yashin — Hamza. Koʻz (yoki koʻzini) uzmoq Nigohini olmoq, kara-may qoʻymoq.
- Hasan uzoqlashib ketgan mashi-nadan koʻzini uzmay qotib turardi. — S. Zun-nunova — Koʻk chiroqlar.
- Yoʻlchi goh-goh koʻz-larini yerdan uzib, qisqa-qisqa javob berib turardi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Koʻngil uzmoq q. koʻngil.
- Ammo bilimga chanqoq bola-lar maktabdan koʻngillarini uzmay, oʻqishda davom etdilar. — K. Yashin — Hamza. Oyoq (yoki oyogʻini, qadamini) uzmoq q. oyoq.
- Huv oʻsha Mohiroʻyjahonda oʻqilgan taʼrixdan keyin u Tabibiyning uyidan oyoq uzib ketgan edi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Nega biznikidan qadam uzib ketdingiz yo koʻngil qolarlik gap oʻtdimi bizdan? — K. Yashin — Hamza. Tutgan joyini (yoki yerini) uzadi Aytganini, koʻzlaganini amalga oshirmay qoʻymaydi.
- Yumshoqqina gapiradi-yu, tutgan yerini uzaman deydi-ya.. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi. Umid (yoki umidini) uzmoq Istagining amalga oshmas-ligiga ishonmoq, undan voz kechmoq, umid-siz holatda boʻlmoq.
- Hasan polvon umid uzdi oʻzidan.. — Ergash Jumanbulbul oʻgʻli.
- Avazoʻgʻlon koʻnglin buzib boradi, Dunyodan umidin uzib boradi. — "Malikai ayyor". Oʻq uzmoq Oʻq otmoq.
- Mingta oʻqni kamonidan uzadi.. — "Nurali". Quloq uzmay Diqqat bilan quloq berib.
- Tagʻin bir necha daqiqa quloq uzmay turib, oʻrnidan qoʻzgʻalmoqchi boʻlib turgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0